Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud: 273-modda bilan sudlanganlar soni 2,8 mingdan oshdi
Oliy sud axborot xizmatiga ko‘ra, 2025 yilning 11 oyi mobaynida Jinoyat kodeksining 273-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 2 875 nafar shaxs sudlandi. Ulardan 2 650 nafari ozodlikdan mahrum qilingan.
Oliy sud axborot xizmati bergan ma’lumotga muvofiq, 2024 yilda ham 273-modda bo‘yicha sudlanganlar soni yuqori bo‘lgan: 3 020 nafar shaxs sudlanib, ularning 2 806 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 214 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar (jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va shartli hukm) tayinlangan. Shuningdek, 8 nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llangan.
Joriy yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra esa, 273-modda bo‘yicha sudlangan 2 875 nafar shaxsdan 225 nafariga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan, 5 nafar shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llangan.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 273-moddasi giyohvandlik vositalari (ularning analoglari) yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash hamda ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish bilan bog‘liq qilmishlar uchun javobgarlikni belgilaydi.
Mavzuga oid
16:21 / 10.04.2026
Toshkent tumanida bog‘cha mudirasi 13 mln so‘mni o‘zlashtirishda ayblangandi. Oliy sud uni oqladi
22:52 / 01.04.2026
Tramp shaxsan AQSh Oliy sudidagi eshituvga keldi
18:44 / 01.04.2026
Sudlardan norozi erkak Oliy sud qarshisidagi daraxtga chiqib oldi
17:59 / 11.03.2026