Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RF Yevropa sudiga da’volar kiritgan NNTni “nomaqbul” deb e’lon qildi
Niderlanddagi Stichting Justice Initiative (“Huquqiy tashabbus”) Rossiyada “nomaqbul” deb topildi. Tashkilot Yevropa sudiga RFga qarshi da’volar tayyorlash bilan shug‘ullangan, hozir esa Ukrainadagi harbiy jinoyatlar bo‘yicha guvohliklarni to‘plamoqda.
Foto: Konstantin Kokoshkin/Russian Look
Rossiya Bosh prokuraturasi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga da’volar tayyorlash bilan shug‘ullangan Niderlandiyadagi huquqni himoya qiluvchi Stichting Justice Initiative (SJI, “Huquqiy tashabbus”) tashkilotini Rossiyada “nomaqbul” deb e’lon qildi. Bu qaror haqida Rossiya idorasi seshanba, 16 dekabr kuni o‘z saytida ma’lum qildi.
Bayonotda tushuntirilishicha, Stichting Justice Initiative a’zolari Rossiya tomonidan “chet el agenti” deb e’lon qilingan shaxslar, shuningdek “Rossiyada faoliyati taqiqlangan xorijiy tuzilmalar” bilan faol hamkorlik qiladi. Moskvada, shuningdek, Stichting Justice Initiative 2001 yilda Niderlandiyada Jorj Sorosning jamg‘armasi ishtirokida tashkil etilgani, uning maqsadi Rossiyada inson huquqlari buzilishi haqida materiallar yig‘ish va Yevropa sudiga da’volar kiritish bo‘lgani qayd etildi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan, Rossiya Yevropa Kengashidan chiqqanidan va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasini denonsatsiya qilganidan so‘ng, tashkilot faoliyatining diqqat markazi Rossiyaning Ukrainada inson huquqlarini buzishi haqida hisobotlar tayyorlashga ko‘chdi. Jumladan, NNT materiallarni Haagadagi Xalqaro jinoiy sudga taqdim etish uchun RFning harbiy jinoyatlarini hujjatlashtirishga ko‘maklashadi.
SJI Yevropa sudiga da’volarni Rossiyadagi “Huquqiy tashabbus” loyihasi orqali taqdim etib kelgan. Uning huquq himoyachilari yordamida Strasburgdagi sudga yuzlab da’volar kiritilgan va ular qanoatlantirilgan. SJI'ning yana bir loyihasi — “Huquqiy ko‘mak — Astreya” — Rossiyada ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, Shimoliy Kavkazda oilaviy o‘g‘irlashlar muammosi, internetdagi hujumlar, oilaviy zo‘ravonlik masalalari bilan shug‘ullangan.
Mavzuga oid
13:21
Putin Baykal atrofida “sanitar” maqsadda o‘rmonlarni kesishga ruxsat berdi
11:20
Moldova Kishinyov aeroportidagi «Lukoyl» terminalini musodara qiladi
10:09
YeI sharqiy davlatlari RFdan himoyalanish uchun mudofaani kuchaytiradi
18:06 / 16.12.2025