Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple 2026 yilda iPhone Pro dizaynini tubdan o‘zgartiradi
Ekranda faqat chap burchakdagi old kamera qoladi, Face ID va boshqa sensorlar esa displey ostiga o‘tadi.
The Information nashrining yangi hisobotiga ko‘ra, iPhone 18 Pro va 18 Pro Max old paneli 2022 yilda Dynamic Island’ga ega iPhone 14 Pro taqdim etilganidan beri birinchi marta sezilarli darajada o‘zgaradi.
Ta’kidlanishicha, Apple Face ID va boshqa sensorlarni displey ostiga joylashtirishni rejalashtirmoqda, faqat old kamera uchun kichik kesik qoldirmoqda. Uni yuqori chap burchakka siljitish rejalashtirilgan.
Ta’riflangan o‘zgarishlar natijasida iPhone 2026 Pro modellari ekranning yuqori qismida Dynamic Island texnologiyasi yordamida amalga oshirilgan tabletka shaklidagi kesimga ega bo‘lmaydi. Shu bilan birga, qurilmalarning umumiy dizayni iPhone 17 Pro modeliga yaqin bo‘lib qoladi – korpus tubdan shchzgarmaydi.
The Information manbalari ham kamera haqidagi avvalgi ma’lumotlarni tasdiqlamoqda - yangi flagman iPhone’lar o‘zgaruvchan diafragmali kameraga ega bo‘ladi. Bu matritsaga tushadigan yorug‘lik miqdorini xuddi professional fotoapparatlardagidek boshqarish imkonini beradi.
iPhone 18 Pro va 18 Pro 2026 yil sentabr oyida iPhone Fold va iPhone Air 2 bilan birga chiqarilishi kutilmoqda. Asosiy iPhone 18 esa, agar ma’lumot tasdiqlansa, 2027 yil boshida iPhone 18e bilan birga paydo bo‘ladi.
Yaqinda sodir bo‘lgan yirik sizib chiqish Apple’ning 30 dan ortiq yangi qurilmalari haqida ma’lumot berdi. Ularning ba’zilari, jumladan AirTag 2, iPad va aqlli uy markazi yaqin oylarda chiqariladi.
Mavzuga oid
18:12 / 09.06.2026
Tezkor iOS 27 va Siri chat-bot sifatida - Apple taqdimoti
20:12 / 05.06.2026
Mashinalar isyoni yaqinmi? - Anthropic kompaniyasi sun’iy intellekt tizimlarini sekinlashtirishga chaqirdi
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
22:14 / 28.05.2026