Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya tunda Sumi va Cherkasskka dronlar bilan hujum qildi
Rossiya dronlari Sumiga qilgan hujumi oqibatida kamida bir kishi jabrlandi. Cherkassk viloyatida infratuzilma obektlariga shikast yetgan.
Foto: AP
Rossiya uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) payshanbaga o‘tar kechasi, 18 dekabrda Ukrainaning Cherkassk va Sumi viloyatlariga hujum qildi, deb xabar berdi mahalliy hokimiyat. Infratuzilma obektlariga shikast yetgani va kamida bir kishi yaralangani qayd etilmoqda.
Sumiga ikkita zarbali dron hujum qilgan, deb yozdi Telegram’da viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Grigorov. Natijada Sumi shahrining Kovpakovskiy tumanida fuqarolik infratuzilmasiga shikast yetgan, turar joy va noturar binolarda oyna-derazalar singan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar yo‘q. Kamida bir kishi jabrlangan.
Cherkassk viloyatida viloyat markaziga zarba qayd etilgan. Cherkassk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Igor Taburets “infratuzilma uchun oqibatlar” borligini ma’lum qildi. U hujum tafsilotlarini keltirmadi, biroq mahalliy OAV Cherkasskda portlashlar va shaharda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lgani haqida xabar bergan.
17 dekabr kechqurun dronlar hujumi Dnipropetrovsk viloyatidagi Kriviy Rix shahriga ham qilingan. Shahed dronlari zarbalari oqibatida turar joy sektoriga zarbalar tekkan, deb yozdi Telegram’da Kriviy Rix mudofaa kengashi rahbari Aleksandr Vilkul. Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar bor, avariya-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.
Odessa viloyatida ham o‘sha kuni kechqurun Rossiya dronlari hujumi sabab turar joy uyi va ta’lim muassasasi shikastlangani qayd etilgan. Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper 18 dekabr kechasi bildirishicha, yetti kishi tan jarohati olgan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, olti nafar jabrlanuvchiga yordam joyida ko‘rsatilgan. Yana bir kishi o‘rtacha og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
23:10 / 18.12.2025
Estoniya Rossiya harbiylari chegarani buzganini ma’lum qildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
16:35 / 18.12.2025
Rossiya Mudofaa vazirligi: 2025 yilda Ukrainadagi urushga 11 trln rubl sarflanadi
16:08 / 18.12.2025