Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI sammiti Ukraina uchun 90 mlrd yevro moliyalashtirishni kelishib oldi
Bryusseldagi sammitning birinchi kunidan so‘ng YeI mamlakatlari yetakchilari Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga yordam uchun foydalanish masalasida kelishuvga erisha olmadi. Biroq ular YeI umumiy budjeti kafolati ostida 90 milliard yevro miqdorida kredit berishga tayyor.
Foto: AP
YeI sammiti ishtirokchilari 2026–2027 yillarda Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida moliyalashtirish ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi, deb ma’lum qildi Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta. “Biz majburiyat oldik va uni bajardik”, — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida 19 dekabr, juma kuniga o‘tar kechasi.
Koshta moliyalashtirish qaysi sxema asosida amalga oshirilishini aniqlashtirmadi, ammo Reuters ma’lumotiga ko‘ra, YeI amalga oshiradigan qo‘shma qarz olish varianti ma’qullangan. Sammitdan keyin Germaniya kansleri Fridrix Mers tushuntirishicha, Ukraina bu kreditni faqat Rossiya Kiyevga urush oqibatida yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘laganidan keyingina qaytarishi kerak bo‘ladi. Agar Moskva zararni qoplashdan bosh torsa, u holda YeI Ukraina qarzini to‘lash uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanadi, dedi kansler.
Bryusseldagi uchrashuvning birinchi kunidan keyin YeI yetakchilari muzlatilgan Rossiya aktivlari hisobidan Ukrainaga yirik kredit berish masalasida kelishib ola olmadi. Ammo sammit ishtirokchilari Kiyevga moliyaviy yordam ko‘rsatishning muqobil variantlarini — xususan, YeI umumiy budjeti bilan kafolatlangan holda Ukraina uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri qarz olishni — ko‘rib chiqishda davom etdi.
“Uzoq muhokamalardan keyin ‘reparatsion kreditlar’ masalasi qo‘shimcha ishlanmani talab qilishi ayon bo‘ldi, chunki yetakchilarga tafsilotlarni o‘rganish uchun ko‘proq vaqt kerak”, — deb AFP agentligiga ismi oshkor qilinmagan yevropalik amaldor xabar bergan.
Dekabr oyi boshida Yevropa Komissiyasi YeI mamlakatlari yetakchilariga Ukraina moliyalashtirishi bo‘yicha ikki variantdan birini tanlashni taklif qildi: muzlatilgan Rossiya aktivlari asosidagi qaror yoki YeI tomonidan qarz olish asosidagi qaror. “Biz qaysi yo‘ldan borishni tanlashimiz kerak bo‘ladi. Ammo bir narsa aniq: biz Ukraina uchun keyingi ikki yilga moliyalashtirish masalasida aynan Yevropa kengashining ushbu yig‘ilishida qaror qabul qilishimiz shart”, — deb ta’kidlagan YeK raisi Ursula fon der Lyayyen.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Komissiyasining birinchi taklifi — mohiyatan “kapital bozorlarida YeI budjeti kafolatida mablag‘ jalb qilish va ushbu kapitalni Ukrainaga qarz shaklida berish”dan iborat. Bunday qaror YeI a’zo davlatlari tomonidan yakdillik bilan qabul qilinishi kerak.
Ikkinchi taklif — YeI hududida muzlatilgan Rossiya Markaziy banki aktivlari hisobidan “reparatsion kredit” berish. Bu variantga Belgiya faol qarshilik bildirgan: uning yurisdiksiyasi ostida Euroclear depozitariysi joylashgan bo‘lib, unda taxminan 185 milliard yevro miqdorida Rossiya aktivlari muzlatilgan.
Mavzuga oid
10:33
Zelenskiy Varshavada: Ukraina mustaqilligi Polsha uchun muhim
10:08
Rossiya Odessaga ballistik raketalar bilan zarba berdi, yetti kishi halok bo‘ldi
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
22:42 / 19.12.2025