O‘zbekiston | 13:35 / 20.12.2025
2568
2 daqiqa o‘qiladi

2026 yil 1 yanvardan YaTTga firma nomi olishga ruxsat beriladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) firma nomiga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, tadbirkorning birlamchi ma’lumotlari o‘zgarsa, YaTT guvohnomasi hamda litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarga tegishli tuzatishlar avtomatik tarzda va bepul kiritiladi. 

O‘zbekiston prezidentining 2025 yil 14 noyabrdagi PF-214-son farmonida 2026 yil 1 yanvardan boshlab amal qiladigan bir qator yangiliklar belgilangan. Hujjatga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega bo‘lishga ruxsat beriladi

Shu bilan birga, tadbirkorlik sub’yektlarining birlamchi ma’lumotlari — ism, familiya, otasining ismi, firma nomi, manzili, tashkiliy-huquqiy shakli va boshqa ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, ushbu ma’lumotlar bo‘yicha o‘zgartirishlar YaTT guvohnomasiga, litsenziyalarga, ruxsatnomalarga, xabarnomalarga idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda va bepul kiritilishi qayd etilgan. 

Farmonda avtomatik yangilanish mexanizmiga doir tartib ham ko‘rsatilgan. Xususan, YaTTning F.I.Sh. bo‘yicha ma’lumotlar IIVning ID-karta axborot tizimidan, boshqa ma’lumotlar esa tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimidan belgilangan tartibda real vaqt rejimida tegishli axborot tizimlariga taqdim etilishi belgilangan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid