Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
34-sonli avtobus yo‘nalishi harakat sxemasiga o‘zgartirish kiritildi
Toshkent shahrida 34-sonli «Chilonzor metrosi – Shifokorlar shaharchasi» avtobus yo‘nalishi harakat tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Yangilangan sxemaga ko‘ra, avtobuslar Shifokorlar shaharchasidan yo‘lga chiqqanida Qamarniso ko‘chasi va Toshkent halqa avtomobil yo‘li orqali harakatlanib, Onkologiya markazi bekatini ham qamrab oladi.
Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lum qilishicha, 34-sonli «Chilonzor metrosi – Shifokorlar shaharchasi» avtobus yo‘nalishida harakat sxemasi qayta ko‘rib chiqildi.
Endilikda avtobuslar Shifokorlar shaharchasidan harakatni boshlaganda quyidagi tartibda yo‘naltiriladi:
Qamarniso ko‘chasi orqali Toshkent halqa avtomobil yo‘liga chiqadi;
halqa yo‘lida ortga qayrilib, Onkologiya markazi bekatini qamrab oladi;
shundan so‘ng Qamarniso ko‘chasi bo‘ylab o‘z harakatini davom ettiradi.
Mutasaddilar yo‘lovchilardan yangilangan harakat sxemasini inobatga olgan holda safarlarni rejalashtirishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026