Jahon | 23:40 / 20.12.2025
825
2 daqiqa o‘qiladi

Netanyahu Tramp bilan Eronga yana hujum qilish masalasini muhokama qilmoqchi

Binyamin Netanyahu Donald Trampga yangi harbiy operatsiyalarda AQShning ehtimoliy ishtiroki yoki Vashingtonning yordami bo‘yicha variantlarni taklif etishni rejalashtirgan.

Foto: Getty Images

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Eronga yangi zarbalar berish imkoniyatini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib NBC News telekanali xabar berdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri AQSh prezidentiga Tehronning raketa dasturi sababli o‘z xavotirini bildirmoqchi va bu “tezkor javob harakatlari”ni talab qilishini aytmoqchi.

NBC News xabarida aytilishicha, Netanyahu Trampga yangi harbiy operatsiyalarda AQShning ehtimoliy ishtiroki yoki Vashingtonning yordami bo‘yicha variantlarni taklif etishni rejalashtirgan.

Telekanalning qayd etishicha, 29 dekabr kuni Florida shtatida Netanyahu va Tramp o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Isroil 13 iyun kuni Eronga qarshi operatsiya o‘tkazgan, Eron ham bunga javob qaytargandi. Oradan 9 kun o‘tib, AQSh ham mojaroga qo‘shildi va Eronning yadroviy obektlariga zarbalar berdi. 23 iyun kuni Eron AQShning Qatardagi harbiy aviabazasiga hujum uyushtirdi. Shundan so‘ng Donald Tramp Isroil va Eron sulh tuzishga rozi bo‘lganini e’lon qildi.

Mavzuga oid