Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga kelgan yaponiyaliklar soni 30 mingga yaqinlashdi
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonga qariyb 30 ming nafar Yaponiya fuqarosi turistik maqsadlarda tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41,1 foizga ko‘paygan.
Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga binoan, 2025 yilning 11 oyi davomida O‘zbekistonga kelgan yaponiyaliklar safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilgan. Xususan, 27,6 ming nafar mehmon mamlakatga aynan sayohat maqsadida kelgan.
Shuningdek, keluvchilar orasida:
qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida — 1,5 ming nafar;
xizmat yuzasidan — 784 nafar;
o‘qish uchun — 71 nafar;
tijorat maqsadida — 1 nafar tashrif qayd etilgan.
Qo‘mita ma’lumotida qayd etilishicha, turizm almashinuvi doirasida joriy yilning yanvar–noyabr oylarida 2,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi ham Yaponiyaga turistik maqsadlarda safar qilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,2 foizga oshgan.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026