Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
O‘zbekiston va AQSh prezidentlari o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot xizmatiga ko‘ra, muloqotda strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish muhokama qilingan, davlat rahbari amerikalik hamkasbini O‘zbekistonga taklif qilgan. Donald Tramp esa O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarini G20 sammitiga taklif etganini ma’lum qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi va ular kelasi yilgi Katta yigirmatalik sammitiga taklif qilinishi aytdi. Bu haqda u o‘zining Truth Social tarmog‘ida ma’lum qildi.
2026 yilgi G20 sammiti bir yildan keyin – 14-15 dekabr kunlari AQShning Mayami shahrida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmatiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev va Donald Tramp o‘rtasidagi muloqotda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi, shuningdek, O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqilgan.
"Tomonlar oliy darajadagi faol muloqotlarni davom ettirish niyatini tasdiqladi va amaliy hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tashabbus va dasturlarni ilgari surishga kelishib oldi. O‘zbekiston prezidenti Amerika yetakchisini o‘zi uchun qulay muddatda mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:57 / 16.02.2026
Ramazon oyidagi xayriya tadbirlariga 1 trillion so‘m ajratiladi
20:39 / 16.02.2026
Epshteyn fayllarida tilga olingan 300 nafar siyosatchi va mashhurlar ismi oshkor qilindi
18:30 / 16.02.2026
Birinchi milliy kosmonavtni qisqa muddatli parvozga tayyorlash taklif qilindi
18:25 / 16.02.2026