Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sud “Rosnano” da’vosi bo‘yicha Chubaysning mol-mulkini xatlovga oldi
Moskva Arbitraj sudi qaroriga ko‘ra, “Rosnano”ning sobiq rahbari Anatoliy Chubaysning qariyb 11,9 mlrd rubl miqdoridagi hisobraqamlari xatlovga olindi.
Moskva Arbitraj sudi “Rosnano” korporatsiyasining da’vosi asosida ushbu kompaniyaning sobiq rahbari Anatoliy Chubaysning hisobraqamlariga umumiy hisobda qariyb 11,9 mlrd rubl miqdorida hibs qo‘ydi. Shuningdek, sobiq iqtisodiyot vaziri Yakov Urinson va “Rosnano”ning boshqa sobiq menejerlarining mol-mulki ham xatlovga olingan. Bu haqda TASS agentligi 23 dekabr, dushanba kuni xabar berdi.
Jami ish bo‘yicha 13 nafar shaxs javobgar sifatida jalb qilingan bo‘lib, ularning mol-mulkiga hibs qo‘yilgan. Sud sobiq iqtisodiyot vaziri Yakov Urinsonning hisoblaridagi 8 mlrd rubldan ortiq mablag‘ni xatlovga oldi. “Rosnano” kompaniyasi sobiq ijro etuvchi direktori Boris Podolskiyning esa qariyb 6 mlrd rubl mablag‘i hibsga olingan.
RBK agentligi yozishicha, sud mol-mulkning aniq ro‘yxati ko‘rsatilmagani sababli hibs qo‘yish talabi “mol-mulk mavjud bo‘lishi mumkin” degan farazga tayanayotganini ta’kidlagan. Shu bois arbitraj sudi Chubaysning mol-mulkini da’vo talablari doirasida — 11,9 mlrd rubl miqdorida hibsga olgan.
Sud qarorida shunday deyiladi: “Javobgarlar mol-mulkni Rossiya Federatsiyasi hududida saqlab qolishdan manfaatdor emas, ‘Rosnano’da esa da’vo arizasi olinganidan so‘ng yaqin vaqt ichida javobgarlar aktivlari Rossiya Federatsiyasi hududidan tashqariga olib chiqib ketilishi mumkin, degan fikrga kelish uchun oqilona asoslar bor”.
“Rosnano” 12 dekabr kuni o‘zining sobiq rahbarlariga nisbatan Crocus loyihasi bo‘yicha 11,9 mlrd rubl zararni undirish haqida da’vo kiritgan. Mazkur loyiha “Rosnano” tomonidan 2011 yilda ma’qullangan bo‘lib, uning maqsadi — Rossiya hududida magnitorezistiv operativ xotira (MRA) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
Bu “Rosnano”ning kompaniyaning sobiq rahbarlariga nisbatan kiritgan ikkinchi da’vosi hisoblanadi. Aprel oyida sud Anatoliy Chubays va yana yetti nafar javobgarning pul mablag‘lari hamda boshqa mol-mulkiga hibs qo‘ygan, undiruvning umumiy summasi esa 5,6 mlrd rublni tashkil etgan.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026