Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev kelgusidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi
24 dekabr kuni o‘tkazilgan telefon muloqotida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan muborakbod etib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va kelgusi tadbirlar rejasini muhokama qildi.
24 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon muloqotida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etdi.
Davlat rahbari Ozarboyjon yetakchisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uni birlashtirish, barqaror taraqqiyotini ta’minlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi tarixiy rolini alohida qayd etdi.
Suhbat chog‘ida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston–Ozarboyjon do‘stlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Joriy Iqtisodiy kooperatsiya yilida birgalikda amalga oshirilgan ishlar unumli bo‘lgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Shuningdek, barcha darajada samarali muloqotlar va almashinuvlar davom etayotgani, o‘zaro tovar ayirboshlash jadal sur’atlarda o‘sib borayotgani qayd etildi. “Yo‘l xaritasi” asosidagi 20 ta ustuvor yo‘nalishdagi loyihalar faol bosqichga kirgani, tadbirlarga boy madaniy-gumanitar almashinuvlar dasturi amalga oshirilayotgani bildirildi.
O‘zbekiston va Ozarboyjon rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, kelgusidagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdi.
Mavzuga oid
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
14:18 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni muhokama qildi
19:49 / 05.03.2026
Aliyev Naxichivon aeroportiga dron zarbasini terakt deb atadi
11:45 / 24.02.2026