O‘zbekiston | 18:01
966
1 daqiqa o‘qiladi

1 yanvardan Andijon shahridagi avtobuslarda naqd shakldagi to‘lov qabul qilinmaydi

Yo‘lovchilar bank kartasi, ATTO kartasi yoki mobil ilovalar orqali to‘lov qilishi mumkin, bunda yo‘lkira 2100 so‘mni tashkil etadi. Infokioskdan olinadigan bir martalik QR-chipta esa 3000 so‘m turadi.

Foto: Transport vazirligi

2026 yil 1 yanvardan boshlab, Andijon shahridagi avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Bank kartalari, mobil ilovalar hamda ATTO transport va virtual kartalari orqali to‘langanda, yo‘lkira 2100 so‘mni tashkil etadi.

Naqd shaklda to‘lov qilish uchun esa, infokioskdan 3000 so‘m evaziga bir martalik QR-chipta xarid qilish kerak bo‘ladi.

Infokiosklar bekatlar va ularga yaqin joylarga o‘rnatilgan, deyiladi vazirlik axborotida.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 1 yanvardan Toshkent shahri avtobuslarida ham yo‘lkirani naqd shaklda qabul qilish to‘xtatilgan edi.

Mavzuga oid