Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 ta qurilish kompaniyasiga 6,7 mlrd so‘mni iste’molchilarga qaytarish yuklatildi
Toshkent viloyatida ayrim quruvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatda xonadonni topshirish majburiyatlari bajarilmagani aniqlanib, ta’sir choralari ko‘rildi.
Foto: Kun.uz
Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga o‘z vaqtida to‘lov amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramasdan, ayrim quruvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan muddatda xonadonni topshirish majburiyatlari bajarilmagani haqida murojaatlar tushgan. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar berdi.
Shundan so‘ng, ta’kidlanishicha, boshqarma tomonidan qurilish sohasidagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha sud organlariga 32 nafar iste’molchi manfaatiga 11 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni undirish haqida da’vo arizalari kiritilgan.
Natijada, “Glamur Gold”, “Transport Free Group”, “Lucky Technical”, “Broccoli Plus”, “Nur” korxonalariga nisbatan 16 iste’molchi foydasiga jami 6,7 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ni qaytarish to‘g‘risida sud tomonidan hal qiluv qarori chiqarilgan.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda qolgan iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash yuzasidan sud ishlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.
Qayd qilinishicha, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 19-moddasiga muvofiq, ijrochi tomonidan shartnomada yoki belgilangan qoidalarda ko‘rsatilgan muddat, hajm va sifat talablariga qat’iy rioya etilgan holda ishlarni bajarishi yoki xizmatlarni ko‘rsatishi shart.
Mavzuga oid
16:19 / 17.02.2026
Raqobat qo‘mitasi kafe va restoranlarni Ramazonda iste’molchilarga «set»larni majburlab sotmaslikka chaqirdi
18:14 / 16.02.2026
Raqobat qo‘mitasi Ramazon oyida narxlarni nazorat qiladi
14:31 / 12.02.2026
Raqobat qo‘mitasi asossiz qarzdorlik yuzasidan Chiqindilarni boshqarish agentligiga so‘rov yubordi
14:50 / 09.02.2026