Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston–Saudiya: Haj va Umra mavsumida viza bo‘yicha hamkorlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston TIV vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni IIV vaziri o‘rinbosari Xolid bin Muhammad Al-Battal bilan uchrashdi. Muzokaralarda Haj va Umra mavsumlarida tashriflar hamda viza jarayonlarini qonunchilik doirasida tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
2025 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni podshohligi ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid bin Muhammad Al-Battal bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida ikki mamlakat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli O‘zbekiston–Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarilayotgani, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi tashriflar almashinuvi tobora faollashib borayotgani qayd etildi.
Saudiya tomoni O‘zbekistondan podshohlikka tashrif buyurayotgan fuqarolarning mamlakatda bo‘lishi bilan bog‘liq muammolar soni kamligini alohida ta’kidlab, o‘zbek xalqiga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromni bildirdi.
Uchrashuvda Haj va Umra mavsumlarida podshohlikka tashrif buyurish hamda viza olish jarayonlarini amaldagi qonunchilik doirasida tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tomonlar ikki davlat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida faoliyat yuritayotgan qo‘shma komissiya ishini yanada rivojlantirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026