Jahon | 11:48
1116
2 daqiqa o‘qiladi

RFning Zaporijjyaga zarbalari: turar joylar shikastlandi, yaralanganlar bor

Rossiya harbiylari Zaporijjya shahriga aviabombalar va uchuvchisiz apparatlar bilan hujum qildi. Turar joy binolari shikastlandi, yaralanganlar bor. Zaporijjya viloyatida RF zarbasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Jami Rossiya Ukraina bo‘ylab 116 ta dron uchirgan.

Foto: Telegram / ivan_fedorov_zp

Rossiya qo‘shinlari Zaporijjya shahriga aviabombalar va uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) orqali zarba berdi. Turar joylar shikastlandi, yaralanganlar bor, deb xabar qildi mahalliy ma’muriyat rahbari Ivan Fedorov Telegram’da 24 dekabr, chorshanba kuni.

Rasmiy yongan avtomobillar, singan oynalar va ko‘p qavatli uy balkonlarining vayron bo‘lgani ko‘ringan lavhalarni e’lon qildi. Fedorovning ma’lum qilishicha, to‘rt kishi yaralangan, 13 ta ko‘p qavatli uy zarar ko‘rgan.

Shuningdek, mansabdor Zaporijjya viloyatida RF hujumlari natijasida yana bir kishi halok bo‘lganini aniqlashtirdi.

Viloyat politsiyasi qo‘shimcha qilishicha, Zaporijjya hududiga rejalashtirish va korreksiya moduliga ega bo‘lgan uchta fugas aviabomba tushgan.

UQK Havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 24 dekabrga o‘tar kechasi RF armiyasi Ukraina bo‘ylab jami 116 ta dron uchirgan. Ulardan 60 tasi yo‘q qilingan yoki yo‘nalishidan chiqarilgan. 48 ta uchuvchisiz apparat zarar yetkazgan.

Mavzuga oid