Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Rossiya Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari ma’lumotidan foydalangan bo‘lishi mumkin
Ukraina prezidenti mamlakat hududini Xitoy sun’iy yo‘ldoshlari tasvirga olishi bilan RF zarbalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi haqida xabar qildi. Kiyev bu ma’lumotlarni ittifoqchilar bilan muhokama qilish niyatida.
Foto: X / ZelenskyyUa
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya Ukraina energetika infratuzilmasi obektlariga zarba berish uchun Xitoy kompaniyalari taqdim etayotgan sun’iy yo‘ldoshlari suratlaridan foydalangan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Ukraina rahbari bu taxminlarini 24 dekabr, payshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida joylagan postida bayon qildi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni Xitoy sun’iy yo‘ldoshlarining Ukraina hududini tasvirga olishi bilan, ortidan Rossiyaning Ukraina energetik obektlariga qilgan hujumlari o‘rtasida mos tushishni qayd etmoqda. U Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari Oleg Ivashchenko bilan uchrashuvdan so‘ng olingan ma’lumotlarga tayanilgan holda, “Rossiya bilan Xitoydagi tuzilmalar o‘rtasida aloqalar kuchaygani, ular esa kosmik razvedka ma’lumotlarini taqdim etishi mumkinligi” haqida xabar berdi.
Ukraina prezidenti Kiyev bu masalani ittifoqchilar bilan muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytdi va bunday harakatlar qariyb to‘rt yildan beri davom etayotgan urushni tugatish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni izdan chiqarishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Ukraina hukumatida Xitoy rahbariyati ehtimoliy tarzda Xitoy kompaniyalari tomonidan sun’iy yo‘ldoshlar axborotini uzatishda ishtirok etilishi haqida xabardormi-yo‘qmi — bu borada ma’lumot bor-yo‘qligini aniq aytmadi.
O‘tgan hafta Ukraina tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Sergey Kislitsa Pekinda Xitoy tashqi ishlar vaziri yordamchisi Lyu Bin bilan maslahatlashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida urush mavzusi ham muhokama qilingan.
2023 yilda AQSh, Jo Bayden ma’muriyati davrida, Xitoy kompaniyalaridan biriga qarshi sanksiyalar kiritgan — u kompaniya Rossiyaning texnologik firmasiga Ukraina hududining sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini yetkazib bergan bo‘lishi mumkin, deb gumon qilingan. Bu masala Pekin bilan muloqotda AQSh tomonidan ham ko‘tarilgan.
Mavzuga oid
12:16
Hindiston neft kompaniyasi RF neftini xarid qilishni qayta tikladi
11:48
RFning Zaporijjyaga zarbalari: turar joylar shikastlandi, yaralanganlar bor
10:55
RFda Putin figuralari sabab haykaltarosh Tilli ishi bo‘yicha sud belgilandi
09:12