Jahon | 07:19
1932
3 daqiqa o‘qiladi

Boylar geografiyasi: qaysi shaharlarda milliarderlar ko‘proq?

Milliarderlar boyligi taqsimoti tobora ko‘proq yirik shahar markazlarida jamlanib bormoqda. Yangi infografika 2025 yilda dunyodagi eng katta boylik qayerlarda to‘planganini yaqqol ko‘rsatish uchun Yer yuzidagi 20 ta yetakchi shaharni ularda yashovchi milliarderlar soni bo‘yicha reytingda taqdim etadi.

Foto: REUTERS

Vizualizatsiya uchun ma’lumotlar Forbes jurnali tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, u har yili tuziladigan dunyodagi eng boy odamlar global reytingiga asoslangan.

Nyu-York katta farq bilan birinchi o‘rinni egallaydi: bu yerda 109 nafar milliarder yashaydi. Bunday ustunlik — moliyaviy yetakchilikning o‘n yillab davom etgani, global kapitalning kuchli oqimlari, shuningdek investitsiya kompaniyalari, ko‘chmas mulk boyligi va eng yirik korporatsiyalar shtab-kvartiralarining yuqori darajada jamlangani natijasidir.

Hech bir boshqa shahar milliarderlar “zichligi” bo‘yicha bu darajaga yaqinlasha olmaydi. Ikkinchi o‘rinda turgan Hongkong Nyu-Yorkdan 30 pozitsiyadan ortiq orqada qoladi — bu Nyu-York boylik ekotizimining naqadar o‘ziga xos ekanini ko‘rsatadi.

Reytingda uchinchi o‘rinni egallagan Moskvada 73 nafar milliarder yashaydi.

Reytingning salmoqli qismini Osiyo shaharlari tashkil qiladi. Hongkong, Mumbay, Pekin, Shanhay, Singapur va Shenchjen birinchi o‘nlikka kiradi. Faqat Xitoyning o‘zi bir nechta shaharlar bilan namoyon: Pekin, Shanxay, Shenchjen, Xanchjou va Guanchjou.

Hindiston ham boshqa mamlakatlar fonida ajralib turadi: Mumbay va Dehli milliy milliarderlar sinfining jadal o‘sishini aks ettiradi. Bu shaharlar tez iqtisodiy rivojlanish, katta ichki bozorlar sig‘imi hamda texnologiya va ishlab chiqarish tarmoqlaridagi kuchli pozitsiyalar hisobidan yutmoqda.

Osiyoning roli kuchayib borayotganiga qaramay, Yevropa va Shimoliy Amerikadagi an’anaviy boylik markazlari yuqori raqobatbardoshlikni saqlab qolmoqda. London, Parij va Milan hali ham juda boy aholi sezilarli darajada to‘plangan maskan bo‘lib qolmoqda.

Birinchi yigirmatalikdan tashqarida, Dallas, Chikago va Palm-Bich kabi AQSh shaharlari milliarderlar boyligi AQShda moliya, texnologiya, energetika va ko‘chmas mulk hablari o‘rtasida qanday taqsimlanishini ko‘rsatadi. Palo-Alto singari ixcham, ammo ta’sirchan shaharlar esa yangi boyliklarni yaratishda texnologiya sektorining nomutanosib darajada katta rolini ta’kidlaydi.

Mavzuga oid