Eng katta xususiy orollar, asosan, texnologik gigantlar asosçilari va aksiyadorlariga tegişli. Eng yirik orol egasi — Oracle direktorlar kengaşi raisi Larri Ellison. U 2012 yilda Havayi atrofida joylaşgan Lanay orolining 98 foiz qismini 300 million dollarga sotib olgan. Orolning maydoni taxminan 36,5 ming gektar (90 ming akr). Taqqoslaş uçun: Lixtenşteyn maydoni — 16 ming gektar.
Computershare asosçisi Kris Morris ikki orol — Orfey va Pelorus orollariga egalik qiladi. Avstraliyaning Kvinslend hududi yaqinida joylaşgan uşbu orollarning umumiy maydoni 1,7 ming gektar (4,2 ming akr).
Red Bull asosçisi Ditrix Mateşits 2003 yilda Fiji hududidagi Laukala orolini 10 million dollarga sotib olgan. Orol maydoni — 1,4 ming gektar (3,5 ming akr).
Orol narxiga faqat maydon emas, balki uning joylaşuvi, iqlimi va taqdim etilgan qulayliklar ham ta’sir qiladi. Masalan, Ellison faqat yerni sotib olmagan: narx tarkibiga ikkita kurort, golf maydonlari va infratuzilma ham kirgan.












