Dunyoda milliarderlar soni va ularning umumiy boyligi oshdi
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023 yilda dunyoda dollardagi milliarderlar soni 4 foizga oshgan, ularning boyligi esa 9 foizga ortib, 12,1 trillion dollarga yetgan.
O‘tgan yili dunyoda milliarderlar soni ham, ularning umumiy boyligi miqdori ham 2022 yilgi kamayishlardan keyin yana o‘sishni boshladi va rekord ko‘rsatkichlarga chiqdi.
Altrata tadqiqot kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023 yilda dunyoda dollardagi milliarderlar soni 4 foizga oshgan, ularning boyligi esa 9 foizga ortib, 12,1 trillion dollarga yetgan.
Milliarderlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda, bir yil ichida ularning soni sezilarli darajada oshgan — 9,9 foizga (1050 kishiga yetgan). Reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan Xitoyda esa aksincha, badavlat insonlar soni kamaygan — 14,8 foizga (304 milliarder).
Ro‘yxatning keyingi pog‘onalaridan Germaniya (-1,7 foiz; 170 milliarder), Hindiston (+15,9 foiz; 131 milliarder) va Buyuk Britaniya (+7 foiz; 122 milliarder) o‘rin olgan. Rossiya esa reytingda oltinchi o‘rinni egallagan — bir yil ichida mamlakatda milliarderlar soni 5,4 foizga oshib, 118 kishiga yetgan. Milliarderlar soni bo‘yicha yetakchi shaharlar reytingi quyidagicha:
Nyu-York (144);
Gonkong (107);
San-Fransisko (87);
London (78);
Moskva (77).
Hisobot mualliflarining qayd etishicha, milliarderlar dollardagi millionerlarning atigi 0,1 foizini tashkil qilsada, ular ushbu guruhdagilarning umumiy boyligini 8 foizini o‘zida jamlagan. Hisobotda, shuningdek, milliarderlar orasida eng ko‘p boylikka egalar haqida ham so‘z boradi. Dunyoda atiga 18 kishining boyligi 50 milliard dollardan oshadi (jami milliarderlarning qariyb 0,5 foizi), shu bilan birga, ular 2 trillion dollarga egalik qiladi (jami milliarderlar boyligining 16 foizi).
Mavzuga oid
11:15
Putin Tramp bilan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilishga tayyor - Reuters
10:46
AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratilishini e’lon qildi
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
12:52 / 20.11.2024