O‘zbekiston | 19:06 / 26.12.2025
3651
2 daqiqa o‘qiladi

Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar berildi

Ba’zi holatlarda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishni boshlash mumkin emasligi belgilandi.

Foto: Shutterstock

Ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan ko‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi holatda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilandi:

- agar soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan oxirgi 3 oy ichida soliq hisobotlari o‘z vaqtida taqdim etilgan va keyingi hisobot davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatining kechiktirilishi 5 ish kunidan oshmagan bo‘lsa.

Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksdagi huquqiy ta’sir choralari jumlasiga QQSni to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini 30 kundan ortiq bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish kiritildi.

Bundan tashqari, soliq qarzi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tadbirkorlarga soliq organiga soliq qarzini o‘z debitori hisobidan undirishni so‘rab murojaat qilishga haqli ekani belgilandi. Murojaatga o‘zaro tasdiqlangan yoki bir tomonlama imzolangan hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi ilova qilinishi lozim.

Foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari prezident qarorlari bilan, faqat amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish tarzida, 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilishi ko‘zda tutildi.

Soliq to‘lovchining debitori bildirish xati olingan kundan e’tiboran 10 ish kunida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi (tasdiqlashi) yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarz mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini berishi shart.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid