Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Udalsovga hukm: “terrorizmni oqlash” uchun 6 yil qamoq
Moskva harbiy sudi Sergey Udalsovni “terrorizmni oqlash” aybi bilan qattiq tartibli koloniyada 6 yilga hukm qildi. Muxolifatchi Ufadagi marksistlar guruhini qo‘llab-quvvatlagan, Yekaterinburg harbiy sudi ularni “terroristik jamoa” deb topgan.
Foto: Mediazona
Rossiyalik muxolifatchi Sergey Udalsov “terrorizmni oqlash” to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qattiq tartibli koloniyaga 6 yilga hukm qilindi. Bu qarorni Moskvadagi 2-G‘arbiy okrug harbiy sudi qabul qildi, deb xabar berdi Rossiya OAV 25 dekabr, payshanba kuni.
Prokuratura Udalsov uchun 7 yil qamoq jazosini so‘ragan edi. Himoya tomoni oqlov talab qildi. Udalsov hukm ustidan shikoyat qilishini ma’lum qildi va ochlik e’lon qildi.
Sergey Udalsov 2024 yil yanvar oyida hibsga olingan. U Ufadagi marksist to‘garak ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlagani uchun ta’qib qilinmoqda. Yekaterinburgdagi harbiy sud ularni “terroristik jamoa” deb topgan.
Udalsov Vladimir Putinga qarshi norozilik namoyishlarining yetakchilaridan biri bo‘lgan. 2014–2017 yillarda u avval ham qamoq jazosini o‘tagan. O‘sha paytda u Bolotnaya maydonida tartibsizliklar tayyorlashda ayblangan edi.