Jahon | 14:27
1138
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: “Uitkoff va Kushner bilan juda yaxshi suhbat bo‘ldi”

Ukraina prezidenti amerikalik maxsus vakillar bilan “ishning muhim tafsilotlari”ni muhokama qilganini aytdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada natija va barqaror tinchlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan g‘oyalar bor.

Foto: REUTERS

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff va AQSh prezidenti maslahatchisi Jared Kushner bilan “juda yaxshi” telefon suhbati o‘tkazganini ma’lum qildi. “Ishning ayrim muhim tafsilotlarini muhokama qildik. Birgalikdagi natija va davomiy tinchlik yo‘lida ish berishi mumkin bo‘lgan yaxshi g‘oyalar bor”, — deb yozdi u 25 dekabr, payshanba kuni X platformasidagi mikroblogida.

Zelenskiy Uitkoff va Kushnerga “konstruktiv yondashuv, jadal ish hamda ukrainaliklarni Rojdestvo bilan tabriklagan yaxshi so‘zlari” uchun minnatdorlik bildirdi. Ukraina prezidenti ta’kidlashicha: “Biz haqiqatan ham 24/7 rejimida ishlayapmiz — Rossiyaning Ukrainaga qarshi bu urushini yakunlashni yaqinlashtirish va barcha hujjatlar hamda qadamlarni realistik, samarali va ishonchli qilish uchun”.

Bundan bir kun oldin Zelenskiy Ukraina AQSh va Kiyev kelishgan, Ukrainadagi urushni to‘xtatishga qaratilgan rejaning oxirgi variantida ayrim yon berishlarga erishganini aytgan edi. Ayni paytda bu hujjat Moskvada o‘rganilmoqda.

Zelenskiy taqdim etgan 20 banddan iborat rejada hozirgi front chizig‘ini muzlatish nazarda tutilgan. Bir vaqtning o‘zida u qo‘shinlarni ortga tortish va demilitarizatsiya qilingan hududlarni tashkil etish uchun yo‘l ochadi.

Mavzuga oid