Jahon | 09:56
1779
4 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Tergov qo‘mitasi AZAL samolyoti halokati bo‘yicha tergovni to‘xtatdi

AZAL (Azerbaijan Airlines) samolyoti halokati bo‘yicha tergov to‘xtatilgani haqida Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jyeyxun Bayramov xabar berdi. Uning aytishicha, samolyot ehtimol RF havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan va bunday qaror Boku tomonida jiddiy savollar uyg‘otmoqda.

Foto: Meiramgul Kussainova/Anadolu/picture alliance

Rossiya Tergov qo‘mitasi Azerbaijan Airlines aviakompaniyasi samolyoti halokati bo‘yicha tergovni to‘xtatdi. Ushbu samolyot RF havo hududida olgan zararidan keyin Qozog‘istonda halokatga uchragan edi. Bu haqda Ozarboyjon tashqi ishlar vaziri Jyeyxun Bayramov ma’lum qildi, uning so‘zlarini ozar OAV keltirmoqda.

Ozarboyjon TIV rahbarining aytishicha, Boku Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikindan rasmiy xat olgan. Hujjatda tergovni to‘xtatish haqida xabar qilingan. Bayramov bunday qadam Ozarboyjon tomonida “juda jiddiy savollar”ni keltirib chiqarayotganini bildirdi.

Bundan oldin Qozog‘iston Transport vazirligi 2024 yilda ro‘y bergan Azerbaijan Airlines samolyoti halokati bo‘yicha tergovning yangi materiallarini e’lon qilgan edi. Oraliq hisobot fojia bir yilligi munosabati bilan ommaga taqdim etilgan bo‘lib, bir nechta ekspertiza ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi.

Qozog‘iston idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, havo kemasidagi shikastlar komissiyaning dastlabki xulosalariga binoan jangovar qismning “zarar yetkazuvchi elementlari” ta’siri oqibatida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Biroq hujjatda ta’kidlanishicha, ularning qaysi tomonga tegishli ekanini aniqlashning iloji bo‘lmagan.

2024 yil 25 dekabr tongida Azerbaijan Airlines’ning Embraer E190 yo‘lovchi samolyoti Bokudan Grozniyga parvoz qilgan. Grozniyda qo‘nishga bir necha muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng ekipaj Aqtau aeroportiga yo‘l olishga qaror qilgan. Samolyot aerodrom ustida ikki marta aylanganidan keyin uchish-qo‘nish yo‘lagi yaqinida qulagan va yong‘in chiqqan.

Bortda 67 kishi bo‘lgan: 62 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi. Halokat oqibatida 38 kishi halok bo‘lgan. 29 kishi tirik qolgan, jumladan ekipajning ikki a’zosi ham.

Avariyadan keyin samolyotning saqlanib qolgan dum qismi elementlarida, boshqa qismlarida ko‘plab teshiklar aniqlangan. Tirik qolgan yo‘lovchilar Grozniy osmoni ustida havoda portlash ovozlarini eshitganini aytgan. Mutaxassislar shikastlanish xususiyati havo mudofaasi vositalarining zarar yetkazuvchi elementlari ta’sirini ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagan.

Ozarboyjon hokimiyati va aviakompaniya halokat sababi tashqi jismoniy va texnik ta’sir bo‘lganini bildirgan. Bokudagi manbalar ma’lumoticha, dronlar faolligi davrida samolyot “yer–havo” raketaci bilan zararlangan, aloqa tizimlari esa radioelektron kurash vositalari orqali ishdan chiqarilgan bo‘lishi mumkin.

Halokatdan bir necha kun o‘tgach, RF prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevdan uzr so‘ragan. Putin fojia RF havo hududida, Ukraina dronlari hujumlarini qaytarish fonida ro‘y berganini aytgan. Biroq Moskva to‘g‘ridan to‘g‘ri ravishda halokat Rossiya havo mudofaasi vositalari ishi oqibati ekanini tan olmagan.

Ozarboyjon prezidenti esa o‘z navbatida samolyot korpusidagi shikastlar va yo‘lovchilar yaralanishlarining xarakteri tashqi ta’sir faktni tasdiqlashini bildirgan. Aliyev Rossiyadan mas’uliyatni tan olishni, aybdorlarni jazolashni va jabrlanganlarga kompensatsiya to‘lashni talab qilgan. Keyinroq u Boku versiyasiga ko‘ra, samolyot avval radioelektron kurash vositalari bilan ishdan chiqarilgan, so‘ng yerdan o‘qqa tutilishi natijasida jiddiy shikast olganini aniqlashtirgan.

2025 yil oktyabrida Putin Ukraina Qurolli kuchlari dronlari Rossiya havo hududiga kirib kelganidan keyin samolyotga yaqin joyda Rossiyaning ikki raketaci portlaganini tan olgan.

Mavzuga oid