Rossiya Tergov qömitasi Azerbaijan Airlines aviakompaniyasi samolyoti halokati böyiça tergovni töxtatdi. Uşbu samolyot RF havo hududida olgan zararidan keyin Qozoğistonda halokatga uçragan edi. Bu haqda Ozarboyjon taşqi işlar vaziri Jyeyxun Bayramov ma’lum qildi, uning sözlarini ozar OAV keltirmoqda.

Ozarboyjon TIV rahbarining aytişiça, Boku Rossiya Tergov qömitasi raisi Aleksandr Bastrikindan rasmiy xat olgan. Hujjatda tergovni töxtatiş haqida xabar qilingan. Bayramov bunday qadam Ozarboyjon tomonida “juda jiddiy savollar”ni keltirib çiqarayotganini bildirdi.

Bundan oldin Qozoğiston Transport vazirligi 2024 yilda röy bergan Azerbaijan Airlines samolyoti halokati böyiça tergovning yangi materiallarini e’lon qilgan edi. Oraliq hisobot fojia bir yilligi munosabati bilan ommaga taqdim etilgan bölib, bir neçta ekspertiza ma’lumotlarini öz içiga oladi.

Qozoğiston idorasi ma’lumotlariga köra, havo kemasidagi şikastlar komissiyaning dastlabki xulosalariga binoan jangovar qismning “zarar yetkazuvçi elementlari” ta’siri oqibatida yuzaga kelgan bölişi mumkin. Biroq hujjatda ta’kidlanişiça, ularning qaysi tomonga tegişli ekanini aniqlaşning iloji bölmagan.

2024 yil 25 dekabr tongida Azerbaijan Airlines’ning Embraer E190 yölovçi samolyoti Bokudan Grozniyga parvoz qilgan. Grozniyda qönişga bir neça muvaffaqiyatsiz urinişdan söng ekipaj Aqtau aeroportiga yöl olişga qaror qilgan. Samolyot aerodrom ustida ikki marta aylanganidan keyin uçiş-qöniş yölagi yaqinida qulagan va yonğin çiqqan.

Bortda 67 kişi bölgan: 62 nafar yölovçi va 5 nafar ekipaj a’zosi. Halokat oqibatida 38 kişi halok bölgan. 29 kişi tirik qolgan, jumladan ekipajning ikki a’zosi ham.

Avariyadan keyin samolyotning saqlanib qolgan dum qismi elementlarida, boşqa qismlarida köplab teşiklar aniqlangan. Tirik qolgan yölovçilar Grozniy osmoni ustida havoda portlaş ovozlarini eşitganini aytgan. Mutaxassislar şikastlaniş xususiyati havo mudofaasi vositalarining zarar yetkazuvçi elementlari ta’sirini körsatişi mumkinligini ta’kidlagan.

Ozarboyjon hokimiyati va aviakompaniya halokat sababi taşqi jismoniy va texnik ta’sir bölganini bildirgan. Bokudagi manbalar ma’lumotiça, dronlar faolligi davrida samolyot “yer–havo” raketaci bilan zararlangan, aloqa tizimlari esa radioelektron kuraş vositalari orqali işdan çiqarilgan bölişi mumkin.

Halokatdan bir neça kun ötgaç, RF prezidenti Vladimir Putin Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevdan uzr söragan. Putin fojia RF havo hududida, Ukraina dronlari hujumlarini qaytariş fonida röy berganini aytgan. Biroq Moskva töğridan töğri ravişda halokat Rossiya havo mudofaasi vositalari işi oqibati ekanini tan olmagan.