Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Tayvan tufayli AQShga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Pekin Tayvan bilan har qanday aloqalarni o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazish, deb baholaydi. Shuning uchun Xitoy Amerika kompaniyalar va ularning rahbariyatiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.
Foto: Dominika Zarzycka/NurPhoto/picture alliance
Xitoy Tayvanga qurol sotilishi munosabati bilan AQShning 10 nafar jismoniy shaxsi va 20 ta mudofaa (harbiy) kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Pekindagi Tashqi ishlar vazirligi juma kuni, 26 dekabrda ma’lum qildi. Xitoyning “suvereniteti va hududiy yaxlitligiga putur yetkazuvchi” qurol yetkazib berishlar uchun qo‘llangan jazo choralari shu kunning o‘zida kuchga kirgan.
Xususan, sanksiya ro‘yxatiga Northrop Grumman harbiy-sanoat korporatsiyasi, shuningdek Boeing kompaniyasining Sent-Luisdagi (Missuri shtati) filiali kiritildi. Xitoy TIV ta’kidlashicha, ro‘yxatga kiritilgan jismoniy shaxslar sanksiya joriy etilgan korxonalarning yuqori rahbariyati vakillaridir.
Xabarga ko‘ra, sanksiyaga tushgan kompaniyalar va xususiy shaxslarning Xitoyda joylashgan barcha aktivlari muzlatiladi. Bundan tashqari, Xitoy tashkilotlari va fuqarolariga ular bilan biznes yuritish taqiqlanadi. Sanksiya ro‘yxatidagi shaxslarga Xitoyga kirish ham man etiladi.
Dekabr o‘rtasida AQSh ma’muriyati Tayvanga 11,1 mlrd dollarlik eng yirik qurol paketi sotilishini ma’qullagani haqida xabar berilgan edi. Taybey hukumati tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, paket tarkibiga HIMARS reaktiv yalpi o‘t ochish tizimlari, Javelin tankka qarshi raketalari, Altius dronlari, gaubitsalar va boshqa uskunalar uchun ehtiyot qismlar kirgan.
Xitoy Xalq Respublikasi Tayvanni o‘zining “isyonkor provinsiyasi” deb hisoblaydi va orol bilan boshqa davlatlar o‘rtasidagi har qanday rasmiy aloqalarni qat’iy rad etadi.
Mavzuga oid
14:06
OAV: AQSh ishchilar sinfi orasida Tramp reytingi rekord darajada tushib ketdi
13:26
Importda eng katta ulush Xitoy hissasiga to‘g‘ri keldi - 12,8 mlrd dollar
10:25
Moskva: Kiyev AQSh rejasi bo‘yicha muzokaralarni to‘syapti
08:25