Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yangi tartib: Putin amaldorlar deklaratsiyasini o‘zgartirdi
Har yillik deklaratsiyalar o‘rniga, amaldorlar va deputatlar xizmatga kirishda, yangi lavozimga tayinlanganda hamda qimmat mol-mulk xarid qilganda daromadlari haqida ma’lum qilishi kerak bo‘ladi. Yangi qonunlar ikki hafta ichida qabul qilindi.
Rossiyada davlat xizmatchilari va deputatlar endilikda har yili daromadlari va mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya topshirishga majbur emas. Bu haqdagi qonunlar to‘plami RF prezidenti Vladimir Putin tomonidan yakshanba, 28 dekabr kuni imzolanib, rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
Shu bilan birga, qonunlarda amaldorlar xizmatga qabul qilinayotganda, yangi lavozimga tayinlanganda, boshqa lavozimga o‘tkazilganda yoki kadrlar zaxirasiga kiritilganda deklaratsiya taqdim etishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, ular o‘z moliyaviy holatidagi ayrim o‘zgarishlar haqida ham xabar berishi kerak bo‘ladi — masalan, davlat xizmatchisining oilasi uch yillik umumiy daromadidan qimmatroq bo‘lgan mol-mulk sotib olingan taqdirda.
Amaldorlarning mol-mulki va pul mablag‘larini nazorat qilish “Poseydon” onlayn-tizimi orqali amalga oshiriladi. U FNS, Rosfinmonitoring, Rosreyestr, GIBDD va boshqa idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Qonun 2026 yil 1 yanvardan kuchga kirishi kerak. Qonun loyihalari 10 dekabr kuni Davlat dumasiga kiritilgan, 18 dekabr kuni parlamentda ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilingan, 24 dekabr kuni esa Federatsiya kengashi tomonidan ma’qullangan.
Rossiyada amaldorlar 1995 yildan beri har yili daromadlarini deklaratsiya qilishga majbur bo‘lib kelgan. 2023 yil fevral oyida esa deputatlar va senatorlarning daromadlari hamda mol-mulki haqidagi ma’lumotlar faqat “umumlashtirilgan ko‘rinishda” e’lon qilinadigan qonun qabul qilingan edi — ya’ni familiyalar, aniq summa va ko‘chmas mulk ro‘yxatlarisiz. Ochiq manbalarda faqat deputat deklaratsiya topshirgan-topshirmagani va unda xatolar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot qoladi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026