Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportida yo‘lovchilar uchun taksi zonasi kengaytirildi
«Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MChJda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish maqsadida taksi olish tizimi takomillashtirildi. Endi bir qator rasmiy tashuvchilar va agregatorlar yo‘lovchilarni uchib kelish terminali oldidagi birinchi yo‘lakdan to‘g‘ridan to‘g‘ri olib ketishi mumkin.
Foto: Uzbekistan Airports
«Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti» MChJda bundan buyon bir nechta taksi xizmatlari va agregatorlari yo‘lovchilarni uchib kelish terminalining oldidagi birinchi yo‘lakdan to‘g‘ridan to‘g‘ri olib ketishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, birinchi yo‘lakdan Taxi Millennium, Let’s Trip, Uzviptransservice, Sicht va Taxi Airport Tashkent rasmiy tashuvchilari, shuningdek, Yandex Go yo‘lovchilari taksiga chiqishi mumkin. Rasmiy tashuvchilar xizmatidan uchib kelish zalida faoliyat yuritayotgan yagona dispetcherlik xizmati orqali buyurtma berish yo‘li bilan foydalanish mumkin. Yandex Go taksilariga esa mobil ilova orqali buyurtma berish imkoniyati saqlanib qolgan.

Qayd etilishicha, aeroportda faoliyat yurituvchi rasmiy tashuvchilar agregatorlar narxlari bilan raqobatlasha oladigan maxsus budjetli tariflarni joriy qilgan. Jumladan, shahar ichidagi tariflar 50 000 so‘mdan boshlanadi. Shu bilan birga, yo‘lovchilar guruh va oilaviy transferlarni ham o‘z ichiga olgan turli takliflardan birini tanlashlari mumkin.
Yana bir qulaylik sifatida, birinchi yo‘lakda yo‘lovchini qabul qiladigan haydovchilar maxsus yo‘lakda bepul to‘xtashi va yo‘lovchilarni 20 daqiqagacha kutishi mumkin. Yo‘lovchilarga yo‘nalish topishda yengillik yaratish maqsadida aeroportda taksi olish zonasiga olib boradigan belgilari ham o‘rnatilgan.

Shuningdek, uchib kelish hududida boshqa transport vositalari — taksi, haydovchilarning shaxsiy va xizmat mashinalari, shuningdek, boshqa xizmatlar va agregatorlarning avtomobillari uchun qo‘shimcha kirish yo‘lagi ham mavjud. Ma’lum qilinishicha, ikkinchi yo‘lakda 10 daqiqa kutib turish mumkin bo‘lib, ushbu yo‘lak Ichki ishlar vazirligining videokuzatuv tizimi tomonidan avtomatik ravishda kuzatib boriladi.
Mavzuga oid
19:11 / 16.12.2025
Yandex Go haydovchilarining boykotga chorlovlari muvaffaqiyatsiz bo‘ldi
15:27 / 16.12.2025
Milliy statistika: taksi yo‘l haqi qimmatlashuvi davom etmoqda
19:43 / 15.11.2025
Andijonda zargarlik buyumlarini ichki a’zolariga yashirib olib kirmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga tushdi
11:37 / 13.11.2025