O‘zbekiston | 17:17 / 31.12.2025
1806
2 daqiqa o‘qiladi

Elektromobilni quvvatlantirish stansiyaci asbob-uskunalari bojdan ozod qilinadi

Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar 2028 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi.

Foto: Getty Images

«Aholining alohida turdagi iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarini kafolatli ta’minlashga hamda iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar asosida O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan quyidagi tovarlar 2026 yil 1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi:

- elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar;

- pilla yigirish va ipak gazlama to‘qish dastgohlarining ehtiyot qismlari, tut daraxti urug‘i va ko‘chatlari, ipak qurtining superelita, elita va sanoat urug‘lari.

2026 yil 1 yanvardan 2031 yil 1 yanvargacha «Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi» davlat muassasasi va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan soliq to‘lovchilar uchun mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘i va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi:

- chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan bo‘lsa;

- har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblangan bo‘lsa.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid