Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodavlat maktablarda o‘qiydiganlar ulushi 3 baravar oshiriladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish nazarda tutilgan. Loyihada nodavlat maktablar sonini oshirish, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda nodavlat ta’limda tahsil olayotgan o‘quvchilar ulushini 3 baravarga ko‘paytirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich belgilangan.
Strategiya loyihasiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish rejalashtirilmoqda. Xususan, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar ulushini 3 baravarga oshirish maqsad qilingan.
Ushbu maqsadga erishish uchun loyihada nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 1 000 taga yetkazish hamda ular faoliyatini yo‘lga qo‘yishga 1 trillion so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratish nazarda tutilgan.
Tashabbuslar umumiy o‘rta ta’limda raqobat muhitini kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish va ta’lim olish imkoniyatlarini ko‘paytirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026