Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odessaga dronlar hujum qildi
Olti kishi yaralangan, ular orasida bolalar ham bor.
DSNS Odessa
31 dekabrga o‘tar kechasi va ertalab Rossiya harbiylari Odessaga navbatdagi dronlar hujumini amalga oshirdi. Mahalliy rasmiylar va qutqaruvchilarning ma’lum qilishicha, zarbalar nishoni energetika infratuzilmasi bo‘lgan, bundan tashqari, dronlardan biri to‘qqiz qavatli turar joy binosiga urilgan. Buning oqibatida, olti kishi, jumladan, uch bola yaralangan.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati tunda bu hududdagi turar joy binosiga uchuvchisiz uchoq kelib urilishi oqibatida binoning 2-qavatdan 6-qavatgacha bo‘lgan kvartiralarida yong‘in chiqqanini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, yana bir nechta ko‘p qavatli turar joy binolarining fasad va oynalari shikastlangan, shuningdek, bir nechta avtomobillar yonib ketgan.
Odessa oblasti ma’muriyati rahbari Sergey Lisak yarim tunda uch nafar bola: yetti oylik chaqaloq va 8 hamda 14 yoshli bolalar jarohatlanganini ma’lum qilgandi.

Tongda qutqaruvchilar va shifokorlar aniqlik kiritib, hujum paytida bir oila a’zolari: ota-ona va ularning ikki farzandi jabrlanganini ma’lum qildi.
Odessadagi mahalliy telegram kanallar yozishicha, 42 yoshli ota kuyish oqibatida og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. 38 yoshli onada ham kuyish jarohatlari, shuningdek, yopiq bosh miya jarohati va sinishi qayd etilgan, u 14 yoshli o‘g‘li va 8 yoshli qizi kabi o‘rtacha og‘ir ahvolda qolmoqda.
Mahalliy vaqt bilan ertalab soat to‘qqizlarda Sergey Lisak hujum natijasida Odessaning bir qismida yana elektr energiyasi yo‘qligini ma’lum qildi.
«Ayrim muhim infratuzilma obektlarida tiklash ishlari olib borilmoqda, shu sababli aholining bir qismi vaqtincha suv va issiqlik ta’minotidan ham mahrum», – deya qo‘shimcha qildi hudud rahbari.

«Nova poshta» pochta kompaniyasi ertalab Odessadagi saralash terminali hovlisiga dron parchalari tushganini ma’lum qildi. Jabrlanganlar yo‘q, biroq qiymati 2,3 mln grivna (taxminan 60 ming dollar) bo‘lgan jo‘natmalar ortilgan yuk mashinasi yonib ketgan.
Ertalab monitoring telegram-kanallari dengizdan Odessa oblastiga dronlarning yangi uchib kelgani haqida xabar berdi. Havo trevogasi mahalliy vaqt bilan ertalab soat to‘qqizlardagina to‘xtagan. Soat o‘n bir yarimlarda yana havo trevogasi e’lon qilindi: dengiz uzra yangi dronlar paydo bo‘lgandi.
Rossiya dronlari tunda nafaqat Odessaga, balki Ukrainaning boshqa oblastlariga ham hujum qildi.
Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya harbiylari kechqurun, kechasi va ertalab janubdan ham, shimoldan ham 127 ta zarbdor dron uchirgan. Harbiy-havo kuchlari bu dronlardan 101 tasi urib tushirilganini ma’lum qilgan.
«11 ta lokatsiyada 20 ta zarbdor uchuvchisiz uchish apparatlarining zarbalari qayd etildi», – deya qo‘shimcha qildi Ukraina qurolli kuchlari harbiy-havo kuchlari matbuot xizmati.
Mavzuga oid
09:33 / 28.12.2025
Rossiya Kiyevga yopirilma zarba yo‘lladi
09:20 / 24.12.2025
Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba: qurbonlar bor, uch oblast elektrdan uzildi
10:31 / 23.12.2025
RF dronlari Odessadagi port infratuzilmasiga zarar yetkazdi
13:25 / 21.12.2025