Televideniye

Rossiyadagi federal kanallar Ukraina qurolli kuçlari dronlarining Moskvaga hujumlarini amalda e’tiborsiz qoldirişdi. Birinçi kanal ham, «Rossiya 1» va NTV ham bu mavzuni anonslarning dastlabki blokiga kiritmagan.

Birorta telekanal hujum haqida alohida syujyet tayyorlamadi: boşlovçilar şunçaki Moskva şahri meri Sergey Sobyanin hamda Moskva oblasti gubernatori Andrey Vorobevning rasmiy hisobotlaridan qisqaça iqtibos keltirgan. Birinçi kanal Vorobevning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan postidan fotosuratlarni körsatiş bilan çeklangan.

Kunduzgi yangiliklarda ham na NTV va na Birinçi kanal hujum haqida töxtalmagan. «Rossiya 1» telekanali esa ertalabki dasturda bölgani kabi Sobyanin vai Vorobevning bayonotlaridan iqtibos keltirgan, jumladan, Moskva oblastining yaralanganlar soni böyiça ma’lmotini e’lon qilgan.

Propagandaçilar

Asosiy propagandaçilar esa asosan hujumlar va ularning oqibatlarini tasvirga olganlarni qattiq jazolaş zarurligi haqidagi tezislarni takrorlaşgan.

«Tunda biz Kiyevning qayerigadir ballistika bilan zarba berdi. Xolislikka da’vo qiluvçi ispan blogeri [Anatoliy Şariy]da bu mavzuda deyarli umuman foto bölmadi. Deyarli yöq. Lekin lentasi Moskva oblasti böyiça zarbalar kadrlariga tölib ketgan. Şuning uçun jönatayotganlarning barçasini qamoqqa taşlaş zarur. Namoyişkorona tarzda», – degan ertalabki efirda Vladimir Solovyov.

«Solovev Live» boşlovçisi Armen Gasparyan kuçişlatar tuzilmalarni yuzdan taniş tizimi orqali video mualliflarini qidirişga, keyin esa ularni hibsga olib, söroq paytida «tilka-pora qiliş»ga çaqirgan. U videoga oluvçilarni «bir tiyinga qimmat ablahlar» va Ukraina qurolli kuçlarining «köngilli yordamçilari» deb atagan.

VGTRK boş direktori örinbosari Andrey Medvedev «hozirda butun Ukraina ijtimoiy tarmoqlar segmentida Moskvadagi obektlarga zarba berilişi aks etgan kadrlar tarqalayotgani»ni aytgan. «Bu örinda şunday savol tuğiladi: zarba kelib tuşişini suratga olganlar uçun 275-modda böyiça jinoiy işlar qani?» – deya yozgan u.

U, şuningdek, «xomxayollarga berilmaslik kerakligi, Rossiya Ukraina bilan emas, umuman Ğarb Rossiyaga qarşi kuraşayotgani»ni ta’kidladi va hujum G7 sammiti yakunlanganidan bir kun ötib sodir bölganiga e’tibor qaratdi.

Z-blogerlar

Telegramda harbiy mavzuda yozuvçi boşqa köplab mualliflar ham ijtimoiy tarmoqda zarbalar böyiça videolar juda köpligidan norozilik bildirgan, ammo bunga qarşi kuraşişdan ma’no yöqligini qayd etişgan.

«Tarmoqdagi zarbalar kadrlariga könikiş va ular bilan töğri işlaşni örganiş kerak», – deya yozgan «Zapiski Veterana» kanali (295 ming öquvçisi bor) va NATOda «eng yuqori aniqlikdagi sun’iy yöldoşlar mavjudligi», ular orqali olingan ma’lumot baribir Ukraina qurolli kuçlariga berilişini qayd etgan. «Rybar» (1,56 million öquvçi) köp sonli videolar fonida «hujumlar paytida har qanday aloqani bloklaşga urinadigan xizmatlar va organlar öylab topayotgan çoralardan ajablanmaslik kerakligi»ni yozdi.

Şu bilan birga, Z-mualliflarning bir qismi voqea joyidan videolar çiqişini «Sadovod» savdo markazida va Moskva janubi-şarqidagi boşqa bozorlarda işlovçi xorijliklar zimmasiga yuklagan. Telegramdagi Colonelcassad kanali (750 ming öquvçi) muallifi bölgan bloger «ularni kamera qarşisiga töplaş», jarima soliş va kelgusida mamlakatga kirişni taqiqlagan holda deport qiliş taklifini bergan.

Harbiy mavzuda yozuvçi blogerlarning bir qismi esa poytaxt regioni ustida dronlarni urib tuşirgan (ammo Kapotnyadagi zavodga zarbani ötkazib yuborgan) havo hujumidan mudofaa kuçlarini maqtagan. «Havo hujumidan mudofaa kuçlari oldida şlyapamni yeçaman […]. PVO şaharga kiriş hududida 180 ta nişonni yöq qildi – bir oy oldin bunday raqamlarni keltirib bölmasdi. Zenitçilar va radioelektron kuraş vositalari rasçyotlari poytaxt regionida imkoni bölgan maksimal sur’atda işlaşdi», – deya yozgan «harbiy muxbir» Aleksandr Kots (480 ming öquvçi). «Dunyodagi birorta havo hujumidan mudofaa kuçlari yoppasiga hujumga doş berib, 100 foiz natija körsata olmaydi. Faqat dronlarning özi bilan emas, balki dronlarni uçirişning asosiy sabablariga qarşi kuraşiş vaqti keldi», – deya yozadi «Belorusskiy silovik» (439 ming öquvçi) «Kiyevdagi qaror qabul qiliş markazlariga zarba beriş zarurligi»ga işora qilgan holda.