Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyotda 20 ta sun’iy intellekt loyihasi ishga tushiriladi
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasida sog‘liqni saqlash tizimini raqamli transformatsiya qilish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Loyihada tibbiyot muassasalarini to‘liq raqamlashtirish hamda tibbiyot sohasida 20 ta sun’iy intellekt loyihasini ishga tushirish orqali xizmatlar sifatini oshirish va boshqaruv samaradorligini kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Strategiya loyihasiga muvofiq, tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish maqsadida bir qator aniq ko‘rsatkichlar belgilangan. Jumladan, tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish darajasini 100 foizga yetkazish hamda sohaga zamonaviy yechimlarni olib kirish uchun 20 ta sun’iy intellekt loyihasini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Loyihada sun’iy intellekt yechimlari, avvalo, diagnostika va monitoring jarayonlarini takomillashtirish, ma’lumotlar asosida qaror qabul qilishni tezlashtirish, xizmatlar sifati va bemorlar uchun qulaylikni oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, raqamlashtirish orqali tibbiy xizmatlarni hisobga olish, yo‘llanmalar va qabul jarayonlarini tizimlashtirish, ma’lumotlar almashinuvini yaxshilash kabi vazifalarning samaradorligini oshirish maqsad qilingan.
Strategiya loyihasida aholi salomatligini yaxshilash bo‘yicha boshqa maqsadlar ham belgilangan: birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish, profilaktik ko‘riklarni kengaytirish, shuningdek, ayrim kasalliklar bo‘yicha davolash va erta aniqlash ko‘rsatkichlarini oshirish kabi yo‘nalishlar ham umumiy maqsadlarga uyg‘un tarzda nazarda tutilgan.
Mazkur tashabbuslar tibbiyotda raqamli infratuzilmani mustahkamlash, xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
21:55 / 15.06.2026
Anthropic AQSh hukumati talabiga binoan o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘chirdi
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
08:47 / 13.06.2026
150 dan ortiq matematik sun’iy intellekt atrofidagi shov-shuvlarga ishonmaslikka chaqirdi
10:06 / 11.06.2026