Kuni-keça yangiliklarni öqir ekanman, AQŞ hukumatidan jiddiy öylantiradigan xabarga duç keldim. Anthropic kompaniyasining bir neça kun oldin taqdim etilgan eng sönggi modellari – Fable 5 va ançadan beri yopiq sinovda bölgan Mythos modellari AQŞ hukumati tomonidan taqiqlandi. Eng qiziği, bu taqiq aynan çet el fuqarolari uçun joriy etilgan.
Anthropic kompaniyasi bayonotiga köra, AQŞ hukumati 12 iyun kuni yuborgan topşiriqda uşbu Fable 5 modelini barça çet elliklarga, hatto kompaniyaning özida işlayotgan çet el fuqarolariga ham butunlay yopiş talab qilingan. Kompaniya şoşilinç ravişda hukumatga böysunib, bu modellarni barça uçun çeklab qöydi.
Hukumat körsatmasida aniq sabab batafsil körsatilmagan, lekin Anthropic'ning tuşunişiça, hukumat Fable 5'ni xavfsizlik tösiqlarini çetlab ötiş usulini aniqlagan deb hisoblaydi.

Bu voqea bizga bir narsani yaqqol körsatyapti: sun’iy intellekt poygasi endi oddiy texnologik raqobat emas, balki davlatlar örtasidagi strategik kuraşga aylandi. Xuddi ötgan asrdagi yadroviy qurollar poygasi kabi, bugun sun’iy intellekt modellari kimning qölida kuçli bölsa, öşa davlat dunyo miqyosida yetakçilikni qölga kiritadi. Kuçli davlatning kuçli sun’iy intellekti bölişi şart degan yangi tezis oldinga çiqmoqda.
Sun’iy intellekt va davlat suvereniteti
Men sun’iy intellektni har doim davlat suvereniteti masalasi bilan boğlab kelaman. Sizning öz sun’iy intellektingiz yöqmi, demak, siz öz erkinligingiz va raqamli suverenitetingizning bir qismini boşqa davlatga berib qöygansiz. Afsuski, bugun bizda özimizning mustaqil AI modellarimiz yöq va biz çet el texnologiyalariga qarammiz.
Körib turibmizki, AQŞ yoki boşqa hukumatlar istagan vaqtida birgina qaror bilan Claude, ChatGPT yoki Google mahsulotlariga kiriş imkoniyatini yopib qöyişi mumkin. Bunga misollar köp: Huawei kompaniyasining Google xizmatlaridan uzib qöyilişi yoki Nvidia grafik kartalarining Xitoyga sotilişiga qöyilgan taqiqlar. AQŞ har doim öz manfaatlarini himoya qiladi va bu safar ham Anthropic modellarini çeklaşda asosiy sabab sifatida milliy xavfsizlikni körsatdi.
Kiberhujumlar va modellar poygasidagi xavflar
Nega aynan Mythos va Fable 5 modellari bunday qattiq taqiqqa uçradi? Buning jiddiy sabablari bor. Anthropic uşbu modellarni reklama qilganda, ularning juda eski tizimlardagi zaifliklarni ham topa oliş qobiliyatini körsatgan edi. Masalan, Mythos modeli Linux tizimidagi 23 yillik bitta «bag»ni (zaiflikni)















