Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalliy tovar sertifikati xarajatlari kompensatsiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, “O‘zbekekspertiza” AJ tomonidan mebel va yog‘ochsozlik mahsulotlarining mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilganini aniqlash bo‘yicha ekspertiza to‘lov undirilmasdan o‘tkaziladi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish amaliyoti joriy etilgani qayd etilgan.
Nizomda belgilanishicha, “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar to‘g‘risidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlar sertifikat/xulosaning amal qilish muddati davomida 1 marta qoplab beriladi.
Bunda vakolatli organ kompensatsiya masalasida Kompaniyaga murojaat qilishi uchun har hafta yakuni bilan tegishli ma’lumotlar kiritilgan reyestrni taqdim etadi. Reyestr Kompaniyaga elektron platforma — subsidiya.epauzb.uz orqali yuborilishi ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, vakolatli organning kompensatsiya olish bo‘yicha murojaati kompaniya tomonidan murojaat kelib tushgan sanadan boshlab 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, xarajatlarni qoplab berish yuzasidan qaror qabul qilinishi belgilangan.
Yangi nizom mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun sertifikatlash jarayonlarini moliyaviy jihatdan yengillashtirish, ma’lumot almashinuvini raqamlashtirish va kompensatsiya berish tartibini aniq reglamentlashga qaratilgan.
Mavzuga oid
09:30 / 15.06.2026
Endi o‘qishni ko‘chirishda ham sertifikatlar uchun ball beriladi
15:20 / 14.03.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlashdan ixtiyoriy tarzda o‘tishi mumkin
22:24 / 01.03.2026
O‘qituvchilarning amaldagi sertifikatlari muddati tugamagunicha malaka toifasi tushirilmaydi – vazirlik
12:38 / 13.02.2026