Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BYD sotuvlar hajmi bo‘yicha Tesla'dan o‘zib ketdi
2025 yilda Xitoy giganti 2,25 millionta (+28%) elektromobil sotishga erishgan bir paytda, Ilon Maskning kompaniyasi 1,64 millionta (–9%) elektrokar sota oldi. Natijada BYD jahon elektromobil bozorida birinchi marta, bo‘lganda ham juda katta farq bilan Tesla'ni ortda qoldirdi.
Xitoyning BYD kompaniyasi birinchi marta AQShning Tesla brendini ortda qoldirib, elektromobillar sotuvi bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi.
BYD 1 yanvar kuni e’lon qilgan sarhisobga ko‘ra, kompaniya 2025 yilda elektrda harakatlanadigan avtomobillar sotuvini qariyb 28 foizga oshirib, 2 mln 250 mingtadan oshirishga erishgan.
2 yanvar kuni esa Tesla ham 2025 yilgi natijalari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Ilon Maskning kompaniyasi o‘tgan yili dunyo bo‘ylab 1,64 millionta elektromobil sotgan, bu – bir yil oldingidan qariyb 9 foizga kam.
Shu tariqa, Tesla'da sotuvlar hajmining pasayishi ketma-ket ikkinchi yilda ham davom etgan.
Yangi mahsulotlar mijozlar tomonidan birdek iliq qarshi olinmagani, Ilon Mask siyosiy faoliyatida muvaffaqiyatsizlikka uchragani va Xitoydagi raqibi bilan qizg‘in raqobat kabi sharoitlar tufayli 2025 yil Tesla uchun og‘ir yil bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:56 / 16.06.2026
Xitoy elektromobillar uchun yangi qattiq xavfsizlik talablarini joriy etmoqda
12:18 / 15.06.2026
O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisiga tabrik maktubi yo‘lladi
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026