Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro favqulodda holat joriy etish haqida farmon chiqargani aytilmoqda
Karakasda portlashlar va elektr ta’minoti uzilishi haqidagi xabarlar fonida ayrim OAV Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda favqulodda holat joriy etish bo‘yicha farmon imzolagani haqida yozmoqda. Biroq hozircha Venesuela hukumati bu ma’lumotni rasman tasdiqlagani yo‘q.
Turli OAV “Venesuelaga qilingan hujumga javoban” Maduro favqulodda holat joriy etgani haqida TIV rahbari bayonot berganini xabar qildi.
3 yanvarga o‘tar kechasi Venesuela poytaxti Karakasda ketma-ket kuchli shovqinlar va portlashlar haqida xabarlar tarqaldi. Reuters guvohlarga tayanib, shaharning janubiy qismida yirik harbiy baza yaqinida elektr o‘chgani va tutun ustuni ko‘ringanini yozdi, ijtimoiy tarmoqlardagi ba’zi videolar hali mustaqil tasdiqlanmagan.
Associated Press esa mahalliy aholi kamida yettita portlash va pastdan uchgan havo kemalariga o‘xshash shovqinni eshitganini, odamlar qo‘rquv bilan ko‘chaga chiqqanini xabar qildi.
Reuters va The Guardian ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa sabablari bo‘yicha Venesuela hukumati hozircha rasmiy bayonot bermagan, Pentagon ham izoh bermagan.
Hodisa AQSh–Venesuela munosabatlarida bosim kuchaygan davrga to‘g‘ri kelmoqda: Reuters’ning oldingi xabarida Maduro AQSh bilan “jiddiy” muzokaralarga tayyor ekanini aytgani, biroq ayrim ehtimoliy zarbalar bo‘yicha aniq tasdiq yoki inkor bo‘lmagani qayd etilgan.
Mavzuga oid
08:30
Venesuelada kuchli zilzila ro‘y berdi, Karakasda binolar quladi
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026