Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Maduroni qo‘lga olish operatsiyasi tafsilotlarini ma’lum qildi
Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Venesuela rahbarini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya aslida avvalroq o‘tkazilishi kerak bo‘lgan.
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro AQSh maxsus kuchlari tomonidan «qal’a ichida» qo‘lga olindi, dedi Amerika yetakchisi Donald Tramp.
Tramp shuningdek, Venesuela rahbarini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya aslida avvalroq o‘tkazilishi rejalashtirilganini aytdi.
«Biz buni to‘rt kun oldin amalga oshirmoqchi edik, ammo ob-havo noqulay bo‘ldi», — dedi u.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, operatsiyada ishtirok etgan harbiylar orasida qurbonlar yo‘q, bir necha nafar askar yaralangan.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Maduro va uning rafiqasi Amerikaning Iwo Jima aviatashuvchi kemasida Nyu-Yorkka olib kelinmoqda.
«Ularni vertolyotda aviatashuvchiga keltirishgan va ishonchim komil, bu parvoz ularga yoqqan. Lekin ular ko‘plab odamlarni o‘ldirgan, buni yodda tutish lozim», – dedi AQSh prezidenti.
Trampning aytishicha, u operatsiyadan bir hafta oldin Maduro bilan gaplashgan va uni taslim bo‘lishga chaqirgan.
AQSh bosh prokurori Pamela Bondining ma’lum qilishicha, Nikolas Maduroga nisbatan narkoterrorizm, kokain tashish, noqonuniy ravishda qurol-yarog‘ saqlash hamda Qo‘shma Shtatlarga qarshi pulemyotlar va portlovchi qurilmalarni saqlash ayblovlari e’lon qilingan.