Jahon | 07:34
3664
2 daqiqa o‘qiladi

Zamonaviy dunyo zaif nuqtalari: 6 yillik global risklar reytingi

Xavf-xatarlarni tushunish zamonaviy dunyoning tizimli zaif tomonlarini ko‘rishga yordam beradi. Infografikada 2020–2025 yillar davridagi asosiy global xavf-xatarlar ko‘rsatilgan.

Foto: AP

Reytingni Parijda joylashgan xalqaro sug‘urta va investitsiya guruhi AXA tayyorlagan. Kompaniya 57 mamlakatdan 3 595 nafar risk-menejment mutaxassisini so‘rovdan o‘tkazgan.

Ekspertlar fikricha, global iqlim o‘zgarishi — sayyora oldida turgan eng katta chaqiriq. Aynan iqlim bilan bog‘liq xavflar reytingda olti yil davomida ustunlik qilgan, faqat 2020 yilda pandemiya va yuqumli kasalliklar birinchi o‘ringa chiqqan.

2025 yilda pandemiya global xavf-xatarlar top-10 ro‘yxatidan chiqib ketgan. Biroq reytingda yangi ishtirokchi paydo bo‘lgan — demografiya, u hozircha o‘ninchi o‘rinni egallagan.

Olti yil davomida asosiy xavflar orasida kiberxavfsizlik va geosiyosiy beqarorlik doimiy ravishda yuqori o‘rinlarda turadi. Energetik xavflar ham reytingda saqlanib qolgan bo‘lsa-da, 2025 yilga kelib sakkizinchi o‘ringa tushgan.

Sun’iy intellekt top-10 ro‘yxatiga 2021 yilda kirgan. 2023 yildan beri u barqaror ravishda to‘rtinchi pog‘onada turibdi. Ekspertlarcha, 2025 yilning asosiy xavflariga, shuningdek, ijtimoiy taranglik, tabiiy resurslar va biorang-baranglik, hamda makroiqtisod va moliyaviy barqarorlik ham kirgan.

Mavzuga oid