Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Venesuela suvereniteti va uning xalqini hurmat qilishga chaqirdi
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas AQShning Venesueladagi harbiy operatsiyasi va Nikolas Maduroni qo‘lga olishi yuzasidan YeIning rasmiy bayonotini e’lon qildi. YeI Maduroning legitimligini tan olmaydi, biroq xalqaro huquqqa rioya etishga chaqiradi.
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Venesuela suvereniteti hurmat qilinishi kerakligini ta’kidlab, AQSh tomonidan Nikolas Maduro qo‘lga olinganidan keyin mamlakatda demokratiyaga tinch o‘tishni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu Kallasning yakshanba, 4 yanvar kuni kechqurun e’lon qilingan bayonoti — Yevropa Ittifoqining rasmiy pozitsiyasidan kelib chiqadi.
Bayonotda YeI fikriga ko‘ra “Nikolas Maduro demokratik yo‘l bilan saylangan prezident sifatida legitimlikka ega emas”ligi aytilgan. Shu bilan birga, YeI Venesuelada demokratiyaga tinch o‘tish tarafdori ekanini bildirib, bu jarayon “venesuelaliklarning o‘zlari tomonidan — mamlakat suverenitetiga hurmat saqlangan holda” amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlaydi. YeI diplomatiyasi rahbariga ko‘ra, Venesuela xalqi irodasini hurmat qilish — hozirgi inqirozni hal etishning yagona yo‘li.
Kallas “qanday sharoit bo‘lishidan qat’i nazar, xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilinishi shart” ekanini qayd etib, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida ushbu tamoyillarga amal qilishda AQShning alohida mas’uliyati borligiga ishora qildi.
Bayonot matniga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi transmilliy uyushgan jinoyatchilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashni zarur deb hisoblaydi, biroq bu faqat “hududiy yaxlitlik va suverenitet tamoyillariga to‘liq rioya qilingan taqdirdagina” amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
08:48 / 03.06.2026
YeI ukrainalik erkaklar uchun vaqtinchalik himoya maqomini cheklashi mumkin
17:49 / 02.06.2026