Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas Venesuela suvereniteti hurmat qilinişi kerakligini ta’kidlab, AQŞ tomonidan Nikolas Maduro qölga olinganidan keyin mamlakatda demokratiyaga tinç ötişni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi. Bu Kallasning yakşanba, 4 yanvar kuni keçqurun e’lon qilingan bayonoti — Yevropa Ittifoqining rasmiy pozitsiyasidan kelib çiqadi.

Bayonotda YeI fikriga köra “Nikolas Maduro demokratik yöl bilan saylangan prezident sifatida legitimlikka ega emas”ligi aytilgan. Şu bilan birga, YeI Venesuelada demokratiyaga tinç ötiş tarafdori ekanini bildirib, bu jarayon “venesuelaliklarning özlari tomonidan — mamlakat suverenitetiga hurmat saqlangan holda” amalga oşirilişi kerakligini ta’kidlaydi. YeI diplomatiyasi rahbariga köra, Venesuela xalqi irodasini hurmat qiliş — hozirgi inqirozni hal etişning yagona yöli.

Kallas “qanday şaroit bölişidan qat’i nazar, xalqaro huquq tamoyillariga rioya qilinişi şart” ekanini qayd etib, BMT Xavfsizlik Kengaşining doimiy a’zosi sifatida uşbu tamoyillarga amal qilişda AQŞning alohida mas’uliyati borligiga işora qildi.

Bayonot matniga köra, Yevropa Ittifoqi transmilliy uyuşgan jinoyatçilik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşni zarur deb hisoblaydi, biroq bu faqat “hududiy yaxlitlik va suverenitet tamoyillariga töliq rioya qilingan taqdirdagina” amalga oşirilişi mumkin.