Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent City hududida konteyner yonib ketdi
6 yanvar kuni ertalab Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Tashkent City hududida konteyner yongan. Yong‘in tezkor ravishda o‘chirilgan, jarohatlanganlar yo‘q.
6 yanvar kuni soat 08:55 da Toshkent shahri Shayxontohur tumani, Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan Tashkent City 2-lot hududida konteyner yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Xabarga ko‘ra, qutqaruv texnikalari voqea joyiga soat 08:57 da yetib borgan va yong‘in soat 09:01 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
09:31 / 05.01.2026
“Aviasozlar dehqon bozori” hududidagi do‘konda yong‘in chiqdi
09:19 / 05.01.2026
Yangihayot tumanida avtomobil yonib ketdi
10:04 / 02.01.2026