Jamiyat | 10:01 / 07.01.2026
12279
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi

29 yoshli erkak qornida kuchli og‘riq bilan shifoxonaga kelgan. O‘tkazilgan diagnostika va laboratoriya tahlillari natijasida uning me’da ichak tizimida katta miqdorda temir jismlar borligi aniqlangan. Erkak mix va samorezlarni qattiq stressga tushib, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmagan holda yutib yuborgan.

Foto: RShTYoIM Samarqand filiali

Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix va samorez olib tashladi. Bu haqda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filiali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 29 yoshli A.Ye. shifoxonaga qornida kuchli og‘riq bilan keltirilgan. Shoshilinch qabul bo‘limida o‘tkazilgan diagnostika va laboratoriya tahlillariga ko‘ra bemorning me’da ichak tizimida katta miqdorda yot jismlar, mix va samorez borligi aniqlangan.

Bemorga shoshilinch ravishda laparatomiya, gastrostamiya usulida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, qorin bo‘shlig‘idan 200 gramm atrofida mix va samorez olib tashlangan. Jarrohlik amaliyoti bir soat davom etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak temir jismlarni qattiq stressga tushib, o‘z xatti-harakatlarini nazorat qila olmagan holda yutib yuborgan.

Hozirgi vaqtda bemorning ahvoli qoniqarli ekani, u erkin harakatlanayotgani bildirilgan. 

Mavzuga oid