O‘zbekiston | 08:51 / 08.01.2026
1546
2 daqiqa o‘qiladi

Ekologik stikerni endi onlayn olish mumkin

Ekologik toifasi aniqlangan avtotransport vositasi uchun ekologik stikerni masofadan - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Stiker 10 kun ichida pochta orqali manzilga yetkazib beriladi. 

Foto: YHXX

Endi ekologik stiker olish uchun YHXX idoralariga borish talab etilmaydi — ariza onlayn qabul qilinadi. Xizmat tavsifiga ko‘ra, ekologik stiker bepul taqdim etiladi, yetkazib berish esa pochta orqali amalga oshiriladi

Qanday qilib onlayn olinadi?

my.gov.uz portali yoki mobil ilovasi orqali:

  • qidiruvga “Ekologik stiker” deb yozib xizmatni tanlash;
  • tizim shakllantirgan ma’lumotlarni tekshirib, arizani tasdiqlash.

Xizmat sahifasida qayd etilishicha, arizada pochta orqali yetkazib berish manzili ko‘rsatiladi va pochta xarajatlari uchun to‘lov invoysi shakllantiriladi. 

Narxi va yetkazib berish

  • Stikerning o‘zi va ariza topshirish: bepul. 
  • Pochta orqali yetkazib berish: BHMning 5 foizi. Hozir BHM 412 000 so‘m ekanini inobatga olganda, 5 foiz — 20 600 so‘mni tashkil qiladi.

Muddat: 10 kun. 

Ma’lumot uchun, xizmatning huquqiy asosi sifatida Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 28 noyabrdagi 750-son qarori ko‘rsatilgan. 

Mavzuga oid