Yangi xizmatning ishlash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 28 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan. 31 mayga qadar Ichki ishlar vazirligi xizmatni ishga tushirish uchun axborot tizimlarini integratsiya qiladi. Haydovchi amaldagi tartibda og‘zaki yoki yozma ravishda ariza berish imkoniyatini saqlab qoladi.
Mashinani jarima maydonchasiga qachon olib ketishadi?
Mast holatda rul oldiga o‘tirsa, haydovchilik guvohnomasini yoki ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatini uyda unutib qoldirsa, normadan ortiq tonirovka qo‘ydirsa, YHTH joyini tark etsa yoki yo‘lda xuliganlik qilsa, haydovchining mashinasi jarima maydonchasiga olib ketiladi. To‘liq asoslar ro‘yxati Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasi 1-qismi «a» bandida belgilangan.


Ariza qayerda topshiriladi?
1 iyundan boshlab ariza topshirish uchun uchta yo‘l mavjud bo‘ladi:

An’anaviy usul ham saqlanib qolinadi. Haydovchi avvalgidek YHXXga kelib, og‘zaki yoki yozma shaklda murojaat qilishi mumkin.
Arizada qanday ma’lumotlarni ko‘rsatish kerak?
Reglamentda anketa shakli quyidagicha bo’ladi:
Jismoniy shaxs uchun: ism-familiyasi, tug‘ilgan sanasi va joyi, pasport yoki ID-kartaning seriyasi va raqami, yashash manzili, JShShIR, telefon raqami, elektron pochta (mavjud bo‘lsa).
Yuridik shaxs uchun: tashkilot nomi, STIR, manzili, telefon raqami, elektron pochta (mavjud bo‘lsa).
Murojaatning o‘zi haqida: transport vositasining davlat raqami belgisi, boshqarish huquqini beruvchi hujjatlar (haydovchilik guvohnomasi, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma, sug‘urta polisi, ishonchnoma, yo‘l varaqasi va boshqalar), qo‘shimcha hujjatlar (masalan, avtomobilni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi).


















