8 may holatiga jarima balli 12 ballga yetgan haydovçilar soni 49 nafarga yetdi. Bu haqda Kun.uz’ga YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yöldoşev xabar berdi.

Unga köra, eng köp holat Toşkent şahrida kuzatilgan: poytaxtda 29 nafar haydovçining jarima balli 12 balldan oşgan. Keyingi örinlarni 8 ta holat bilan Farğona va 3 ta holat bilan Buxoro viloyati egallagan. Şuningdek, Toşkent va Andijon viloyatlarida 2 tadan, Qoraqalpoğiston respublikasi hamda Samarqand, Namangan, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida 1 tadan holat qayd etilgan.  

Faqat 4 ta hudud – Navoiy, Qaşqadaryo, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida hozirça jarima balli 12 ballga yetgan haydovçi yöq.

“Transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etilganlar yana bu huquqni qaytarib oliş uçun avvalgiday faqat imtihon topşirmaydi, nazariy va amaliy bilimlar böyiça avtomaktablarda öqişi ham talab etiladi. Bunda nazariy imtihonda avvalgidek 20 savoldan 18 tasiga emas, 50 ta savoldan 46 tasiga töğri javob berişi lozim böladi. Qoida buzmaganlarga esa jarima ham, jarima balli ham yöq”, deydi Zoyir Yöldoşev.

Uning qöşimça qilişiça, 49 ta holatning barçasi körib çiqiş uçun sud organiga yuborilgan.

Eslatib ötamiz, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 34-1-moddasiga köra, bir yil içida jarima ballari 12 ballga yetgan haydovçilar kamida 6 oy muddatga transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi.

Avvalroq jarima balli 12 ballga yetgan birinçi haydovçi ma’lum bölgani xabar qilingandi.