Texnologiya | 09:49 / 08.01.2026
5891
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ilk milliy sun’iy intellekt tizimini taqdim etdi

Buyuk Britaniyaning London Post nashri O‘zbekistonda BONU AGI deb nomlangan mamlakatdagi birinchi milliy sun’iy intellekt tizimi ishga tushirilgani haqida maqola e’lon qildi. Qayd etilishicha, loyiha global SI platformalarini tayyor holda joriy etish o‘rniga, O‘zbekistonning madaniy, ijtimoiy va tarixiy kontekstiga mos modelni taklif etadi.

Foto: Shutterstock

“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, maqolada bugungi kundagi ko‘plab sun’iy intellekt tizimlari universal tuzilmalarga tayanadi, ammo real qaror qabul qilishda madaniy normalar, jamoaviy xotira, til modellari va milliy tajribaning ta’siri katta ekani ta’kidlangan. BONU AGI esa “sun’iy intellekt madaniy vakuumda mavjud bo‘lmasligi kerak” degan yondashuv asosida ishlab chiqilgani aytilgan.

Nashrda keltirilishicha, BONU AGI foydalanuvchi so‘rovlarini mahalliy ijtimoiy va madaniy xususiyatlar prizmasi orqali talqin qiladi. Bu tizimga O‘zbekiston aholisining muloqot uslubi, fikr yuritishi va savollarni shakllantirish xususiyatlarini yaxshiroq aks ettirish imkonini berishi qayd etilgan. 

Shuningdek, maqolada loyiha Baxtiyor Boboxonov, Sardorbek Tursunbekov va Otabek Siddiqov kabi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgani qayd etilgan. Xulosada BONU AGI milliy kontekstga mos SI qanday shakllanishi mumkinligi bo‘yicha namuna sifatida ko‘rsatilishi va boshqa davlatlar uchun ham yo‘l xaritasi bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan. 

Mavzuga oid