Iqtisodiyot | 07:30 / 08.01.2026
7615
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa valutalari xaritasi: eng qimmat valuta qaysi?

Yevropaning valuta xaritasi ancha murakkab. Yevro - ustun valuta bo‘lsa-da, taxminan yigirmaga yaqin mamlakat hali ham o‘z milliy valutalaridan foydalanadi.

Foto: iStock

Yevro — Yevroittifoqqa kiruvchi mamlakatlarning ko‘pchiligi uchun yagona valuta. Hozir u 20 ta davlatning milliy pul belgisi hisoblanadi, jumladan Avstriya, Belgiya, Malta va Ispaniya ham shular qatorida. Shuningdek, Yevropa Markaziy banki bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, Ittifoqqa a’zo bo‘lmagan mamlakatlar — Vatikan, Monako, San-Marino va Andorra ham ushbu valutani ishlatadi. Bank bilan kelishuvsiz ravishda yevro Chernogoriya va Kosovoda asosiy pul birligi hisoblanadi.

Biroq Yevroittifoq tarkibida ham o‘z valutasini saqlab qolgan mamlakatlar bor — Vengriya, Daniya, Polsha, Ruminiya, Chexiya, Shvetsiya. Masalan, Polshada zlotiy muomalada, Chexiya, Daniya va Shvetsiyada — krona, Ruminiyada esa — ley. Bolgariya ham o‘z valutasidan (lev) foydalanadi, ammo 2026 yildan yevroga o‘tdi.

Krona deb ataladigan pul birligi, masalan, Norvegiya va Islandiyada ham qo‘llanadi. Ley esa Ruminiyadan tashqari — Moldovaning ham valutasidir. Rossiya va Belarus pul birliklarining nomi ham bir xil chiqqan — rubl.

Yevropadagi eng “qimmat” valutalardan biri — Britaniya funt sterlingi. 2026 yildagi joriy kurslarga ko‘ra, 1 funt ≈ 1,35 AQSh dollari, taqqoslash uchun 1 yevro ≈ 1,17 AQSh dollari, 1 Shveytsariya franki ≈ 1,26 AQSh dollari. 

Foto: Geodatarankings

Mavzuga oid