Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda dam olish kunlari quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shanba-yakshanba kunlari harorat +12…+15 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi davom etadi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va havo harorati ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Juma kuni respublikaning katta qismida kunduzi havo +8…+11 daraja, shanba va yakshanba kunlari esa +12…+15 darajagacha isiydi. Kechasi va ertalab ham harorat ko‘tarila boshlaydi, yakshanba kuniga borib harorat 0…+3 darajagacha ko‘tariladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi davom etadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Harorat bugun kunduzi +9…+11 daraja bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari harorat asta-sekin kechalari +1…+3 darajagacha, kunduz kunlari +13…+15 darajagacha ko‘tariladi.
Mavzuga oid
12:35 / 03.07.2026
Shanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
11:52 / 03.07.2026
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi
08:49 / 30.06.2026
O‘zgidromet: iyul oyida O‘zbekistonda kuchli issiqlar kutilmoqda
15:36 / 29.06.2026