O‘zbekiston | 16:12 / 09.01.2026
2221
2 daqiqa o‘qiladi

Imom-xatiblar orasida oliy ma’lumotlilar ulushi 80 foizga yetkaziladi

“O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash hamda xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan qator maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan.

Foto: Kun.uz

Strategiya loyihasiga ko‘ra, ta’lim va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda quyidagi natijalarga erishish rejalashtirilgan:

ta’lim xorijiy tillarda olib boriladigan davlat ta’lim muassasalari kutubxonalarida o‘zbek adabiyoti tarjima asarlari qamrovini 60 mingtaga yetkazish (445-bandi);
diniy-ma’rifiy sohada faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar orasida oliy ma’lumotli kadrlar ulushini 80 foizga yetkazish (446-bandi);
oliy diniy ta’lim muassasalarida PhD va DSc ilmiy darajasiga ega kadrlar ulushini 35 foizga yetkazish (447-bandi).

Ilmiy yo‘nalishda esa Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatidan o‘tgan, yuqori impakt-faktorga ega xalqaro va mahalliy jurnal hamda nashrlarda millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar sonini 300 taga yetkazish belgilangan (448-bandi).

Xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash doirasida:

vatandoshlar farzandlariga o‘zbek tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan o‘quv markazlari sonini 62 taga yetkazish (449-bandi);
xorijdagi vatandoshlar uchun mo‘ljallangan O‘zbekistondagi “Chinor” va “Anor” dasturlari ishtirokchilari sonini 1 800 taga yetkazish (450-bandi) nazarda tutilgan.

Shuningdek, tashqi hamkorlik va xalq diplomatiyasi yo‘nalishida birodarlashgan shaharlar sonini 120 taga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan (451-bandi).

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid